MAROSIMLAR MAROMIGA YETDI

Date:

Soya-salqinda, yam-yashil maysazor ustida sochlarini qirq kokil qilib, do‘ppi va milliy liboslarda yanada go‘zal ko‘rinayotgan qiz-u juvonlar chordona qurib o‘tirgancha, qoshlariga o‘sma, qo‘llariga xina qo‘yishayotgan bo‘ladi. Jarayonga qiziqqan borki, jamoaga qo‘shilib olib, milliy marosimlarimizni maromiga yetkazib ado etishga kirishgan. Quritilgan barglardan tayyorlangan bo‘yoq nafaqat sochlarga jilo beradi, balki qo‘llarga nafis naqshlar solish uchun ham ishlatiladi.
— Xina va o‘sma nafaqat go‘zallik baxsh etadi, balki teridagi faol nuqtalarga taʼsir oʻtkazib, terini davolaydi, asab tolalariga ta’sir etib, tinchlantirish xususiyatiga ham ega, — deydi qizlarning qo‘llariga xinadan naqsh solayotgan X.Shuhratova — Soch va qoshlar ildizini mustahkamlab, tolasining yanada qalinlashishiga yordam beradi. Shu sabab ham xina va o‘smadan faqat Navro‘z bayrami arafasida, hayit kunlarida emas, doimo foydalanish lozim.
Bugun qo‘llariga naqshlar solib, qoshlariga o‘sma qo‘ygan qiz-juvonlar ko‘zguga tikilib, naqadar go‘zallikka burkanganini ko‘rishyapti. Tabiiy go‘zallikka nima yetsin.
Bugungi kun ana shunday olam-olam taassurotlarga boy bo‘ldi. Navro‘z bu bilan tugamadi, balki boshlandi. Vohadoshlarimizdan kelgusi Navro‘z ayyomiga qadar bugungidek yuqori kayfiyat tilagan holda milliyligimizni unutmasliklarini, milliy liboslarimizni kanda qilmasliklarini, milliy taomlarimizdan tez-tez tayyorlab tanovul qilishlarini-yu, urf-odat va qadriyatlarimizni qadrlagan holda davom ettirishlarini tilab qolamiz. Unutmaylik, vazifamiz bizgacha yetib kelganlarini bus-butun, zavol yetkazmay, kelgusi avlodlarga yetkazishdir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Dorilar arzonlashadi

Aholi uchun dori-darmonlarning yanada qulay bo‘lishi maqsadida joriy yilning...

Muddat aniq, jazo qat’iy

Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari...

Bog‘cha ochsa, imtiyoz bor

Maktabgacha ta’lim qamrovi past bo‘lgan hududlarda xususiy bog‘cha ochayotgan...

Mahsulotlar eksportga yo‘naltirilgan

Surxondaryo viloyatining qulay iqlimi va unumdor tuproqlari qishloq xo‘jaligi...
KunTun
KunTun