Mahalla muammolardan holi hududga aylanadimi?

Date:

“Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida viloyatning shahar va tumanlaridagi mahallalari bosqichma-bosqich huquqiy muammolardan holi hududga aylantirilmoqda. Mazkur loyiha doirasida yil boshidan buyon jami 19 600 ta xonadondan 15 000 tasi qamrab olingan holda jami 28 644 ta huquqiy va boshqa turdagi muammolar aniqlandi. Shundan hozirgi kunga qadar jami 19 580 ta (68 %) muammolar bartaraf qilinishi ta’minlandi.
Ushbu muamolarni hal qilishda adliya organlari tomonidan ta’sir choralari — taqdimnoma, da’vo arizasi, ma’muriy takliflar qo‘llanilgan bo‘lsa, 15 466 nafar aholiga birlamchi bepul yuridik yordam hamda 2 773 ta sayyor xizmatlar ko‘rsatildi. Shuningdek, 74 ta komissiya yig‘ilishlari namunaviy tarzda o‘tkazildi, 30 ta mahallada kutubxona tashkil etilib, mazkur kutubxonalarga 176 ta kitoblar tarqatilishi ta’minlandi.
Shu bilan birga, ushbu mahallalarda doimiy tarzda targ‘ibot tadbirlari davomida targ‘ibot materiallari (buklet, flayer, infografika) tarqatilishi va keng aholi vakillari qamrab olinishiga erishildi. Ana shunday targ‘ibot va o‘rganish ishlari natijalari bo‘yicha vakolatli organlarga tegishli choralar ko‘rish va barcha yo‘nalishlardagi ishlarni rivojlantirish bo‘yicha ma’lumotlar kiritildi.
Loyiha doirasida 28 nafarga yaqin ishsiz “Angor tumanida joylashgan Monomarkaz”ga biriktirilib, kasb-hunarga yo‘naltirildi hamda bandligi ta’minlash choralari ko‘rildi. 592 nafar fuqaro “Mobile-ID” dan o‘tkazildi. 350 nafar fuqaro bepul chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib (1 nafariga respublika va hududiy reabilitatsiya markazlarida bepul davolanishga yo‘llanmalar berildi), 87 nafar nogironligi bo‘lgan shaxsga qarovchilar biriktirildi. Imtiyozga ega shaxslar esa bepul dori vositalari bilan ta’minlandi.
Soliq, pensiya va “Inson” ijtimoiy xizmatlari markazi bilan hamkorlikda faoliyat yuritilib, 180 nafar pensioner, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxsga yer, mol-mulk va daromad solig‘idan imtiyoz qo‘llanilmaganligi aniqlanib, tuman soliq inspeksiyasiga hamda tegishli tashkilotlarga taqdimnoma kiritilib, soliq imtiyozlari qo‘llanildi.

Sunnatillo ABDURASULOV,
Viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Rahbarlar kitob ulashdi

“O'zbеkiston – kitobxonlar yurti” shiori ostidagi V Rеspublika...

“Chashma”dan birgalikda foydalanamiz

Oʻzbеkiston va Qirgʻiziston “Chashma” bulogʻidan birgalikda foydalanish boʻyicha kеlishuvga...

Milliy liboslar namoyish etildi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Z.Mahkamova raisligida 2025-yil 19-mart...

Mehnati muvaffaqiyat keltirdi

“Yilning eng yaxshi tarbiyachisi - 2025” kasbiy ko‘rik-tanlovining respublika...
KunTun
KunTun