Sariosiyoda Navroʻz shukuhi…

Date:

Bugun viloyatimizning Sariosiyo va Qiziriq tumanlari qatorida Qumqo‘rg‘onda ham Navroʻz umumxalq bayrami keng nishonlanmoqda. Erta tongdan tumanning “Yoshlar” istirohat bog’i hamda “Alpomish” markaziy sport o’yingohida asosiy tadbirlar bishlandi.


Tuman ahli va mehmonlar bilan gavjum ushbu hududlar ayyomga xos va mos koʻrinish kasb etgan. Ayniqsa, istirohat bogʻida qoʻrgʻonlar tikilib, milliy buyumlar hamda taomlar koʻrgazmalari tashkil etilgan. Bir yoqda milliy xalq oʻyinlari namoyish etilayotgan boʻlsa, boshqa bir pavilyonda otinoyi va kayvoni momolar fosh qozonlarda sumalak qaynatishayotir.


Chor-atrofni esa tandirgoʻsht hidi qoplagan. Oʻz ishining ustalari boʻlmish mohir oshpazlar tandirda oʻt qalab, kabobni maromiga yetkazib pishirishmoqda.


Bayram bayramdek boʻlishi uchun milliy kuy-qoʻshiqlar ovozi dunyoni tutgandek. Yosh-u keksa esa shoʻx-shodon ohanglarga raqsga tushishayotir.
Bir soʻz bilan aytganda, Navro‘z shod-u xurramlikda nishonlanayotir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Pillachilik – daromad va bandlik manbayi

Muzrabot tumanida 2026-yil pilla hosili uchun ipak qurti tarqatish...

Xizmat — oflayn, o‘qish — onlayn

2026–2027 o‘quv yilidan boshlab muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan yoshlar...

Munosib voris aniq

“Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika maqola va insholar tanlovi mamlakatimiz...

Yoshlar tashabbusi amalda

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-apreldagi PQ-153-sonli qarori asosida Uyas...
KunTun
KunTun