(T)o‘y

Date:

Bugun amakim o‘g‘lini uylantirdi. Hamma xursand. Men ham. Eng ohorli kiyimlarimni kiydim. Sochlarim falon so‘mga turmaklangan. Egnimda ham uncha-muncha qizlar kiymagan oqshom libosi. Har-har zamonda oyog‘imdagi qimmat tuflimga qarab havolanib qo‘yaman. Bu davrada eng go‘zali o‘zim! Eng sara kiyimlarni kiygan malak!..
Stol ostiga razm solar ekanman, e-eski oyoq kiyimiga ko‘zim tushdi. Qiziq, kimniki ekan? To‘yga ham shunaqa tufli kiyadimi?
Tavba! Egasi …onam ekan. Uyalib ketdim… Onamning tuflisidan emas, o‘zimdan…

Dilobar

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Unutilmas toʻy boʻldi

Qiziriq tumanida ezgu va insonparvarlikka yo‘g‘rilgan muhim tadbir tashkil...

Abdul Vahhob “Premier League” chempioni

Xitoyning Leshan shahrida karate bo‘yicha o‘tkazilayotgan nufuzli “Premier League”...

Yangi koʻprik ishga tushdi

Hududlarda infratuzilmani yaxshilash va aholiga qulay sharoit yaratish bugungi...

Shaffof va tizimli

O‘zbekistonda xorijiy davlatlarda olingan ilmiy darajalarni tan olishning yangi...
KunTun
KunTun