Murojaatnoma

Date:

— Ismingiz?— Umar Rahimov.

Stulda o‘tirgan kishi hujjatlarni orasini qidira ketdi.

— Yo‘q, aka sizning murojaatingiz hanuz javobsiz…— Uka, tushuning mening ahvolim rostdan yomon. Mana shu ruxsatnomasiz davolanishga yota olmayapman. Kelasi safar sizdan javob haqida so‘ragani kela olamanmi yo‘qmi bilmayman.

— Nima qilay men ham?! Axir bir buyruq bo‘lmasa, ruxsat bo‘lmasa men hech narsa qila olmayman-da.

***

“Umar Rahimov, el bilan ellashgan odam edi, rahmatlik” — deb fotiha tortishdi qishloq ahli yuziga.

Mahalla idorasida Umar Rahimovning murojaatnomasi jo‘natilmasdan yotgani alamli edi…

Nuriddin Ziyo

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ilg‘or texnologiyalar – samaradorlik garovi

Jarqo‘rg‘on tumanidagi "Yashnabod" mahallasiga tashrif buyurgan Qishloq xo‘jaligi vaziri...

Pillachilik – daromad va bandlik manbayi

Muzrabot tumanida 2026-yil pilla hosili uchun ipak qurti tarqatish...

Xizmat — oflayn, o‘qish — onlayn

2026–2027 o‘quv yilidan boshlab muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan yoshlar...

Munosib voris aniq

“Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika maqola va insholar tanlovi mamlakatimiz...
KunTun
KunTun