Yer maydonlarini sug‘orish uchun…

Date:

Tomorqachilik, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish har doim ham daromad topish mumkin bo‘lgan ishdir. Faqat ekin-tikin qilishni bilsangiz, qarovini qilsangiz, kifoya. Bordi-yu, ekin ekiladigan maydonda suv chiqarish muammo bo‘lsa, bugungi kunda buning-da yechimi borligi kishini tashvishlantirmaydigan bo‘ldi. Sun’iy hovuzlar, tomchilatib sug‘orish, suv tortib kelish munosib yechim bo‘lmoqda.
Bandixon tumanidagi 3359 nafar aholi istiqomat qiladigan “Limonzor” mahallasida ham bu borada yirik bunyodkorlik ishlari boshlab yuborildi. Mahalla hududidagi 350 gektar aholi tomorqasi va 8 ta fermer xo‘jaliklarining 630 gektar, jami 980 gektar yer maydonlarini sug‘orish uchun 850 kVt quvvatga ega 2 dona nasos agregatlarini o‘rnatish, 2,3 kilometr quvur tortish va qariyb 12 kilometr kanal qurilish ishlari amalga oshirilmoqda.
Tuman hokimi Abdumalik Allamuradov qurilish jarayonlarining standartlar asosida sifatli bajarilishini ko‘zdan kechirib, beton ariqning sifatli qurilishi limonzorliklarning tomorqasidan daromad olishida asosiy o‘rin egallashi haqida ta’kidladi. Mutasaddilarga kamchiliklar ko‘rsatilib, tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Oldingi sahifaSuv tejaladi
Keyingi sahifaMashg‘ulotlar ommalashadi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Qahramon”ning qiyofasi o‘zgarmoqda

Yurtimizda mahallalarni obod qilishga qaratilgan “Taraqqiyot va yetakchilik maskani”...

Yoshlar — ilm va innovatsiya chorrahasida

Yurtimizda Prezident tashabbusi bilan ta’lim, fan va ishlab chiqarish...

Mening hissam

Yoshlar orasida kitob o‘qish madaniyatini rivojlantirish, o‘quvchi va talabalar...

Adolat va halollik—bosh mezon

Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosatining eng muhim yo‘nalishlaridan...
KunTun
KunTun