Suv tejaladi

Date:

Qiziriq tumanidagi “Global Textile” klasteri bugungi kunda suv resurslaridan samarali foydalanish maqsadida ariq qazish va tozalash ishlarini jadal davom ettirmoqda. Bu ishlar nafaqat qishloq xoʻjaligi uchun muhim, balki ekologik muhitni yaxshilashga ham xizmat qiladi.
Shuningdek, yangi ariqlar qazilishi hisobiga suv tejamkorligi va barqaror sugʻorish tizimi taʼminlanadi. Eski ariqlar tozalanishi hisobiga esa suv oʻtkazuvchanligi oshirilib, dalalarga suv yetkazib berish yaxshilanadi.
Bu ishlar natijasida dehqonlar hosilni sugʻorishda muammolarga duch kelmaydi. “Global Textile” klasteri suv resurslaridan oqilona foydalanish va qishloq xoʻjaligida yuqori samaradorlikka erishish yoʻlida oʻz faoliyatini “Barqaror qishloq xoʻjaligi – farovon kelajak garovi!” shiori ostida davom ettirmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Laboratoriya — innovatsion bilim maskani

Oltinsoy tumani Boʻston mahallasidagi 1-sonli umumta’lim maktabida tashkil etilgan...

Maxsus texnikalar topshirildi

Termiz shahrida Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlarining “Yosh chegarachilar”...

Ota Kechasi bolasi yaxshi uxlamadi. Qaynonasi hammasini bildi. Ertalab uxlab...

“Shinjon” usulida…

Termiz tumani hokimi Shuxrat Qalandarov fermer xo‘jaliklari rahbarlari bilan...
KunTun
KunTun