Talabalar almashinuvi asosida

Date:

Ta’lim sohasida tajriba almashish muhim. Zarur bilim va tajribalar o‘zlashtirilsa, amaliyotga joriy etilsa, bu kelgusi avlod taqdiriga tub burilish yasashi aniq. Shu maqsadda, Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Indoneziyaning Pendidikan universiteti bilan xalqaro aloqalar o‘rnatib, o‘qituvchilarning tajriba orttirishi yo‘lga qo‘yilgan.
Ikki tomon vakillari bir necha bor tashriflarni amalga oshirgan edi. Shuningdek, hamkorlikda o‘qitish doirasida talabalar almashinuvi asosida ham indoneziyalik talabalar Pedagogika fakulteti Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishida tahsil olmoqda.
Hozirgi vaqtda institutning Pedagogika fakulteti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari R.Ravshanqulova hamrohligida 3-bosqich talabalari N.Ro‘ziboyeva, O.To‘rayevalar esa Indoneziyada tahsilni davom ettirishmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“IbratEdu” eshiklarini ochdi

Bandixon tumanida yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar yana bir muhim...

Tabiat bag‘rida yaralgan sahna

Bandixon tumani 9-son madaniyat markazi ijodiy jamoasi “Boysun bahori”...

“Yangi shahar”ga suv keldi

Qumqo‘rg‘on tumani “Yangi shahar” mahallasida yillar davomida dolzarb bo‘lib...

Shafqatsizlik — javobsiz qolmaydi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan holat yuzasidan Surxondaryo viloyatida tezkor choralar...
KunTun
KunTun