Ustuvor vazifalar belgilandi

Date:

Xotin-qizlarning jamiyat hayotimizdagi o‘rni muhim. Shu jihatdan, gender tenglik masalasiga ham alohida e’tibor qaratilayotir. Xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilinib, ularning ijtimoiy, iqtisodiy hamda siyosiy faolligini oshirilmoqda. Termiz shahridagi “Yoshlar markazi”da davlat va jamoat tashkilotlari vakillari hamda faol xotin-qizlar ishtirokida Surxondaryo viloyatida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlar sarhisobi va kelgusidagi vazifalar yuzasidan muhokama o‘tkazildi.
Unda dastlab, Surxondaryo viloyati hokimining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Zulxumor Xidirova 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar tahlili hamda 2025-yilga mo‘ljallangan rejalar yuzasidan axborot berdi. Shuningdek, xotin-qizlarning huquqiy himoyasini ta’minlash, ularning tadbirkorlik va bandlik masalalariga oid imkoniyatlarini kengaytirish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish yuzasidan muhim vazifalar belgilab olindi. Muhokama davomida “Oqila ayollar” harakatining faoliyati sarhisob qilindi. Tadbirda tashkiliy masala ham ko‘rilib, Termiz davlat pedagogika instituti “Psixologiya” kafedrasi professori, viloyat Kengashi deputati Mehri Norbosheva harakatning yangi rahbari etib saylandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

12 ta sessiya o‘tkazildi

Viloyat Kasaba uyushmasi binosida Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining...

“Vatanni tanlab bo‘lmaydi…”

Donolarning: “Bu dunyoda ota-onani va Vatanni tanlab bo‘lmaydi”, degan...

TERMIZIYLARNING BENAZIR MEROSI

Surxon zamini ulug‘ mutafakkirlar, olim-u fuzalolar yurtidir. Ayniqsa, IX...

Yondashuv xolis, korrupsiya ojiz…

Bugun viloyatimizda sport sohasini rivojlantirish, yoshlarni sog‘lom turmush tarziga...
KunTun
KunTun