Ko‘p bilan ko‘prik muammosi hal

Date:

Jarqo‘rg‘on tumanidagi “Qorayog‘och” mahallasida ezgu an’anaga aylangan hashar tadbiri bo‘lib o‘tdi. Mahalla ahli o‘zaro hamjihatlikda ko‘prikni kapital ta’mirlash ishlarini amalga oshirdi.
Ko‘prik mahalladagi asosiy yo‘llardan biri bo‘lib, yillar davomida eskirgan va foydalanish uchun xavfli holatga kelgan edi. Fuqarolar o‘z tashabbuslari bilan mablag‘ yig‘ib, ta’mirlash ishlarini boshlashdi.
Hashar davomida ko‘prikning asosiy konstruksiyasi mustahkamlandi, yangi beton qoplama yotqizildi va xavfsizlik choralariga e’tibor qaratildi. Ezgu ishda faol qatnashib, birgalikda mehnat qilish orqali jamoaviy birdamlikning yorqin namunalarini ko‘rsatishdi.
Natijada, nafaqat mahalla aholisi, balki yaqin-atrofdagi yurtdoshlar uchun ham qulay va xavfsiz yo‘l yaratildi. Ushbu hashar mahalla fuqarolarining o‘z hududiga mehr bilan qarashlari, hamjihatlikda ishlashlari va jamiyat taraqqiyotiga o‘z hissalarini qo‘shishga tayyor ekanliklarini yana bir bor namoyon etdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxonning  samarqandlik  o‘g‘li

Vatan o‘z farzandlarini matonati, sadoqati, shijoati va beorom qalblari...

Novvoyning holiga  voy

Giyohvand moddalarni iste’mol qilish insonni zalolatga, salomatlikdan ayrilish va...

Iste’molchilar  huquqlari: nazorat  va  natija

Bugungi kunda iste’molchilar huquqlarini ishonchli himoya qilish, sog‘lom raqobat...

Beparvolik  kechirilmaydi

Bugungi kunda viloyatimizda yangi bino va inshootlar qurilishi, ko‘p...
KunTun
KunTun