Bolalar maydonchasi o‘rnida

Date:

Ko‘p qavatli uylarning hovlisida bolalar maydonchasi ham quriladi. Ayni xonadonda yashovchi bolajonlarning vaqtini mazmunli o‘tkazish, miriqib o‘ynashlari uchun shart-sharoitlar yaratilgan bo‘ladi. Termiz shahridagi Jayxun mahallasida joylashgan ko‘p qavatli uylarning hovlisida, ya’ni bolalar maydonchasi uchun mo‘ljallangan joyda fuqaro S.B. tomonidan o‘zboshimchalik bilan hech qanday hujjatlari bo‘lmasdan 184 kv.m yer maydonida katta bir binoning poydevori tashlanganiga nima deysiz?
Turgan gapki, bu holat mahalliy aholining norozichiligiga sabab bo‘ladi. Mazkur masala fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarda ko‘rib chiqilib, javobgarga o‘z hisobidan noqonuniy qurilmani buzib olish majburiyati yuklandi. Biroq, ushbu talab ixtiyoriy bajarilmaganligi sababli, Byuroning Termiz shahar bo‘limi tomonidan 1 million 875 ming so‘m ijro yig‘imi qo‘llanildi va majburiy ijro harakatlariga kirishildi.
Olib borilgan ijro harakatlari jarayonida noqonuniy qurilma maxsus texnika yordamida bartaraf etilib, qilingan barcha xarajatlar qarzdor hisobidan undirilishi belgilandi.
Mahalla ahlini bir necha yillar davomida qiynab kelayotgan ushbu muammo majburiy ijro harakatlari chog‘ida to‘liq bartaraf etildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Imkon va imtiyozlar kengaymoqda

Muddatli harbiy xizmatni o‘tab qaytgan yoshlar harbiy qismda oliygohga...

Reklama xarajatlarini davlat qoplaydi

1-yanvardan boshlab mahalliy sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni...

Sport jihozlari topshirildi

Termiz shahridagi “Kurash” sport majmuasida viloyatdagi barcha mahallalar yoshlari...

Hokim o‘z daraxtini ekdi

Mamlakatimiz bo‘ylab keng quloch yozgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi...
KunTun
KunTun