Qahramon Quronboyev Denovda

Date:

O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi Qahramon Quronboyevga Denov tumani hokimi Ilhom Abrorov hamrohlik qildi. Unda tumandagi “mahalla yettiligi” faoliyatini o‘rgandi. Xususan, Zahiriddin Muhammad Bobur, “Tasmasoy”, “Ko‘zichoqli” mahalla fuqarolar yig‘inida faoliyat yuritayotgan “mahalla yettiligi” bilan suhbatlashdi. Suhbat davomida aholidan tushayotgan muammolar va ularning yechimlariga tezkorlik bilan chora-tadbirlar belgilashda olib borayotgan ishlari yuzasidan ma’lumotlari tinglandi. Shuningdek, “Obod xonadon, obod ko‘cha, obod mahalla” loyihasi doirasida mahallalarda ishlarni tashkil etish borasida ko‘rsatmalar berildi.
Qahramon Quronboyev Zahiriddin Muhammad Bobur mahallasida barpo etilayotgan “Yoshlar sayilgohi”dagi ishlarni ko‘zdan kechirdi. Unda sayilgohda aholi va yoshlarning salomtligini tiklash va saqlash uchun ekohayotni ta’minlash hamda sport bilan shug‘ullanishlarida shart-sharoitlar yaratilishi borasida mas’ullarga ko‘rsatmalar berdi. So‘ng, “Tasmasoy” mahallasida bo‘lib gulchilik, ziravorchilik va limon yetishtirishning mahalliy parvarish qilinishi xususida suhbatlashdi. Shuningdek, “Ko‘zichoqli” mahallasidagi “Yoshlar kichik sanoat zonasi”da faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar bilan uchrashib shart-sharoitlar bilan tanishdi. Unda tadbirkorlar uchun hududda infratuzilmani yaxshilash borasida ko‘rsatmalar berdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xavfsizlik nazorat ostida

Oltinsoy tumanida suv-sel xavfini kamaytirish va aholi yashash hududlarini...

“Yangi Diyor” – zamonaviy va qulay maskan

Muzrabot tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” konsepsiyasi asosida keng...

Xavfsizlik – ustuvor vazifa

Maktablar – kelajak bunyodkorlari kamol topadigan maskan. Shu bois...

Mavsum qizg‘in pallada

Bahor fasli bilan birga yurtimizda baraka va rizq manbai...
KunTun
KunTun