Ehson

Date:

— Alo, Assalomu alaykum, bu ehsonchi akani telefonlarimi?
— Vaaleykum assalom, labbay singlim, nima xizmat?
— Shu raqamni berishuvdi…
— Juda yaxshi-da, nima muammo bor, aytavering.!?
— Shu desangiz, uchta yosh bolam 4 kundan beri faqatgina non bilan choy ichishyapti xolos…
— Ha, tushunaman, xo‘jayingiz ham ishsiz qolgandirlarda a?
— Bir yil bo‘ldi, xo‘jayinim avtohalokat sabab vafot etdilar…
— Tushundim, Alloh rahmatiga olgan bo‘lsin, singlim, bugun kech bo‘lib qoldi, manzilingizni ayting, yozib olaman, ertaga inshaalloh peshin vaqtigacha imkon qilishga harakat qilaman.
— Xo‘p bo‘ladi, ammo yana bir bor bezovta qilganim uchun uzr aka( shu oxirgi so‘zlar yig‘i aralash arang gapirilgan edi)…Ey, Alloh, o‘zing guvohsan, ehson kartamda 28 so‘m pulim bor xolos. O‘zing boylik bergan bandalaringni qalbiga solgin, ertaga meni shu mushtipar onaning oldida yolg‘onchi qilib qo‘ymagin.
Ana shunday duolar bilan ertani kutdim.
Bomdod.
Kartaga qaragani yuragim chopmadi.
Soat 10 larda ne ko‘z bilan qarayki, kartada 490 mingdan oshiqroq pul bo‘libdi.
Yaratganga shukr, dedim-da, tezda qo‘ng‘iroq qildim.
Telefondan yosh bolaning shirin ovozi keldi:
— Onajon, ehsonchi amaki telefon qilayaptilar, urreye, bizga bugun tuxum qovurib berasiz a, urreye…
Shu holatda gapira olmasligini o‘zim sezdimda, besh minutda telefon qilaman deb telefonni qo‘ydim.
Manzilga yetib borib omonatni topshirish uchun telefon qildim.
Uchta go‘dak onasini to‘xta deyishiga qaramay, men tomonga o‘qday uchib yugurishardi, qo‘limdagi pulni ko‘rib, o‘rtanchasi shoshib, “amaki bu pullarni bizga dadam berib yubordilarmi, o‘zlari qachon kelarkanlar, aytb qo‘ying, biz ularni juda sog‘indik” — dedi…
Besh qadamcha narida onaizorni ko‘zlari jiqqa yosh bilan daraxtga suyanib qolganini ko‘rdim-u… bolajonga pulni berib, bolajonim men dadangga aytaman, tez kunlarda keladi, faqatgina sizlar onajoningzni qiynamay o‘tiringlar, dedim-da ko‘z yoshlarimni yashirish uchun tezda ortga qaytdim…
Eh bolajonlar, sizning otangiz bir yil avval avtohalokat sabab Robbimning huzuriga ketganini qanday aytaman…

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

 “Tabiat uchun g‘amxo‘rmiz”

Boysun tumanida atrof-muhitni asrash va ekologik madaniyatni yuksaltirish maqsadida...

Milliy dastur ishga tushiriladi

Mamlakatda infarkt va insultning oldini olishga qaratilgan “Infarkt va...

Mahkumlar masofali video-uchrashuvdan foydalanadi

Jinoyat-ijro kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, endi mahkum o‘z shaxsiy...

Eksport hajmi oshadi

Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va aholini yil davomida sabzavot mahsulotlari...
KunTun
KunTun