Mahoratin ishga solib…

Date:

Sport jismonan chiniqishga, muvaffaqiyat qozonishga, kuchli bo‘lishga yordam beradi. Shu sababdan ham doimo sportga oshno bo‘lish lozimligi targ‘ibot qilinadi. Muhimi, qaysi sport turida iqtidor va qiziqishimiz borligini bilishimizdadir. Shundan keyingina kuchimiz va vaqtimizni to‘g‘ri sarflagan bo‘lamiz. Buxoro shahrida sportning sambo turi bo‘yicha erkaklar, ayollar hamda jangovor sambo bo‘yicha O‘zbekiston chempionati musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Chempionatda ishtirokchilar o‘z kuch va mahoratlarini ishga solib, g‘oliblik uchun kurashishlariga to‘g‘ri keldi.
Musobaqa qizg‘in va murosasiz kurashlarga boy bo‘ldi. Ushbu sport turi texnikasini yaxshi bilganlar jarayonni kuzatib, sportchilarni qo‘llab-quvvatlab turdilar. Respublikamizning turli hududlaridan kelgan sambochilar orasida surxondaryoliklar ham bo‘sh kelmadi. Ayollar o‘rtasida Charos Abdullayeva 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, erkaklar o‘rtasida Elbek Abdullayev esa ikkinchi bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xavfsizlik nazorat ostida

Oltinsoy tumanida suv-sel xavfini kamaytirish va aholi yashash hududlarini...

“Yangi Diyor” – zamonaviy va qulay maskan

Muzrabot tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” konsepsiyasi asosida keng...

Xavfsizlik – ustuvor vazifa

Maktablar – kelajak bunyodkorlari kamol topadigan maskan. Shu bois...

Mavsum qizg‘in pallada

Bahor fasli bilan birga yurtimizda baraka va rizq manbai...
KunTun
KunTun