USTOZ CHAG‘ONIYGA MEHRNOMA

Date:

Darband — Surxon vohasining go‘zal va so‘lim qishloqlaridan biridir. U yerning shuhratini toshirib, ta’rifini oshiradigan jihatlardan eng muhimi esa Darbandda ko‘plab olimlar, notiqlar va adiblar yetishib chiqqanidadir. Ana shunday insonlardan biri Jamshid Panjizod, Jamshid Darbandiy, Jamshid Chag‘oniy taxalluslari bilan ijod qilayotgan Jamshid Jumaqulovdir. U 1974-yil 7-dekabrda Surxondaryo viloyati,
So‘lim Boysunning Darband qishlog‘ida unib o‘sgan Jamshid Jumaqulov ham ellik yoshni qoralab, hayotning ko‘plab sinovlarini boshidan kechirib, haqiqatlarini anglagan insondir. Otasi Panji bobo shu qishloqning eng saxovatpesha insonlardan bo‘lgan bo‘lsa, mehribon onasi Munavvar momoni esa “Munavvar so‘fi” deb atashgan. Ana shunday insonlar qo‘lida ulg‘aygan farzand esa albatta, tarbiyali, ilmga tashna bo‘lishi turgan gap.
Jamshid Jumaqulovning o‘quvchilik yillari ham yoshlarga o‘rnak va namuna qilgulik tarzda o‘tdi. U eng faol o‘quvchi, ustozlari va sinfdoshlari orasida alohida e’tiborga ega ekani bilan ajralib turgan. Uning ilm-ma’rifat va adabiyotga qiziqishi ham aynan shu davrida paydo bo‘lgan. Buni payqagan ustozlar yosh Jamshidni turli fan olimpiadalari hamda badiiy tanlovlarga olib borishar, kitobga mehri balandligi sabab, kitobxonlik kechalari usiz o‘tmasdi. Jamshid Jumaqulov kitob mutolaasi bilan birga maktab kutubxonasini ham bezatardi. She’rlar, maqolalar yozib, davriy matbuotda chop ettirardi, shu bilan birga, ustozlarining maslahati bilan qiziquvchan yoshlarni to‘plab, “Sho‘’lai umed” (Umid shu’lasi) nomli maktab gazetasini tashkil qilgani esa maktab hayoti uchun muhim voqea bo‘ldi.
U fors alifbosini ham o‘zi mustaqil ravishda o‘rganib, tez-tez xattotlik ko‘rgazmalarini tashkil etib, maktablararo tanlovlarda munosib o‘rinlarni egallardi. Ana shu faollik Jamshid Jumaqulovni Termiz davlat universitetiga yetakladi. Universitetning tojik ta’lim yo‘nalishiga hujjat topshirib, talabalik baxtiga muyassar bo‘ldi. Talabalik yillari uning hayotidagi eng og‘ir davrlardan biri hisoblansa-da, u o‘qib o‘rganishni, ijodni tark etmadi. U o‘zining moddiy ehtiyojlari uchun mehnat qildi, lekin ilm o‘rganish ham, mehnat bilan shug‘ullanish ham, hayot mashaqqatlari ham, uning irodasini susaytirmadi, balki yanada kuch bag‘ishladi.
O‘sha yillarda viloyat tojik madaniyat markazi rahbari Abdusattor Hasanov harakati bilan Termiz shahridagi 10-maktabda tojik sinflari tashkil qilingan. Kadrlar yetishmasligi sababli Abdusattor Hasanov taklifi bilan Jamshid Jumaqulov u yerda o‘qituvchi bo‘lib ishlay boshladi. O‘zining kasbiy mahorati, chaqqonligi bilan o‘quvchilarga til sirlarini o‘rgatdi.
Jamshid Jumaqulovning 2001-yilda harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgach, Termiz shahridagi arxeologiya muzeyida kichik ilmiy xodim sifatida o‘z faoliyatini boshladi. Bu yerda olimlar bilan birga arxeologik qazishmalarda qatnashdi. Bir muddat ishlagandan so‘ng, u qadimiy qo‘lyozmalar bilan ishlashga qaror qiladi. Bu jarayonda u muzey qo‘riqxonasidagi 100 dan ortiq kitoblarni aniqlab, ro‘yxatga kiritdi. Ana shunday kunlarning birida qo‘liga Abulhasan Hujvariyning “Kashful-mahjub” nomli kitobi tushib qoladi va o‘sha kitobni o‘rganishga kirishdi. U bu kitobni qariyb 5 yil davomida tatqiq qilib, kitobdan Termiziylar haqidagi eng muhim ma’lumotlarni to‘pladi. Ular haqida ilmiy-taqriziy maqolalar yozib, viloyatning o‘zbek va tojik tillarida nashr etiladigan gazetalarida chop ettirdi. Yosh tadqiqotchining xizmatlarini inobatga olib, vazirlik tomonidan muzeyda “Qo‘lyozmalar bilan ishlash sektor mudiri” degan yangi shtat ochib beriladi.
2007-yilda Termiz davlat universitetida tojik guruhi ochilishi munosabati bilan Jamshid Jumaqulov muzeyni tark etib, mehnat faoliyatini universitetda davom ettirdi va hozirgacha universitetning tojik tili ta’lim yo‘nalishida ishlab kelmoqda. Shu kungacha Jamshid Jumaqulov talabalarga tojik tili fanidan saboq berib keladi.
Ustoz boy tajribaga ega. Shu kungacha yuzlab shogirdlari undan hayot va ilm saboqlarini o‘rganib, yuksak natijalarga erishdilar, erishib kelmoqdalar.
Jamshid Jumaqulov nozikta’b shoir, olim va tajribali ustoz bo‘lish bilan birga mohir xattot hamdir. Uning bitiklari, xattotlik namunalari o‘quvchilar va shu betakror san’at ixlosmandlari uchun mo‘ljallangan. U shogirdlarining tashabbusi va iltimosi bilan kafedra qoshida “Mash’ali ilm” va “Chashmai xurshed” nomli ikkita ilmiy-adabiy to‘garak tashkil etib, bu to‘garaklarga rahbarlik qilib kelmoqda. Shuningdek, u viloyatimiz tojik madaniyat markazining faol a’zolaridan biri bo‘lib, tojik va o‘zbek xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik bayramlarida ham faol ishtirok etib keladi.
Jamshid Jumaqulov ko‘p yillardan buyon tirmiziyshunoslik sohasida ilmiy izlanishlar olib borib, Dushanbega borib, ko‘plab mashhur olimlar va shoirlar bilan tanishadi va ulardan ham ilm o‘rgandi. 2023-yilda o‘zining doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. Shu bilan birga ustoz 100 dan ortiq ilmiy va badiiy maqolalar muallifidir. Bundan tashqari, muallifning “She’riyat, qismat, tarix” nomli ilmiy risola, ikkita monografiya, o‘quv qo‘llanmalar, “Tojik tili tarixi” nomli darslik kitoblari chop etilgan.
Ustoz hayotda hech qachon obro‘-e’tibor qozonish, mansab egasi bo‘lishga intilmagan, balki o‘z mehr-muhabbati bilan kishilar qalbidan joy olishga harakat qilgan mehribon, kamtarin va xokisor insonning g‘amxo‘rligi qalbida mavj urib turgan mehr daryosidan bir qatradir. Ishonaamizki, bu pokiza daryodan suv ichadigan kishilarning qalbi, zohiri-yu botini sof insoniy mehr-muhabbatga limmolim to‘ladi. U kishiga barakotli umr, cheksiz muvaffaqiyat va ulug‘lar hayotidek abadiy hayot ato etishini so‘rab qolamiz!

Shukrulloh SIROJ
TerDU talabasi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Naqshbandiya yo‘lining yuragi

 Turkiya va Indoneziyada Surxondaryo viloyatining ziyorat va turizm salohiyati...

“27 qozonda – 27 xil osh”

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti talabalar turar joyida...

360 o‘rinli bog‘cha qurilishiga start berildi

Prezidentimizning qamrov darajasi past bo‘lgan hududlarda davlat-xususiy sherikchilik asosida...

Bandligi ta’minlandi

Angor tumanining “Qorasuv” mahallasida yashovchi, II guruh nogironi Zafar...
KunTun
KunTun