Kiprigimday asragayman

Date:

Nima ish qilarni bilmay, bekorchilik bilan vaqt o‘tkazgandan ko‘ra foydali mashg‘ulotlar bilan band bo‘lish afzal. Ayniqsa, bu ishlar vaqtimizni mazmunli o‘tishi bilan birga bizni vatanparvarlikka chorlasa, chiniqtirsa, zavq-u shavqimizni oshirsa…
Ayni maqsadni ko‘zlagan holda Yoshlar ishlari agentligi tashabbusi bilan hududlarda turli tadbirlar, kecha va uchrashuvlar, hamda harbiy qismlarda “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazilmoqda. Natijani esa ushbu tadbirlarni kuzatib, ko‘rish, kuzatish mumkin. Denov tumanida joylashgan harbiy qismda ham “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi.
Harbiy qism o‘quvchi-yoshlar bilan gavjum bo‘ldi. Soha qiziquvchilarning bunday e’tibori esa harbiy xizmatchilarning ushbu tadbirlarga mas’uliyatini bir necha karra kuchaytirdi. Birinchi navbatda, harbiy qismdagi hayot, muhitni his ettirish maqsadida mehmonlar harbiy qurollar hamda texnikalar bilan yaqindan tanishtirildi.
Askarlarning anjomlari namoyish etilganida esa o‘spirin yigitlarning qiziqishi va e’tibori yanada ortdi. Namoyish davomida barcha o‘zi qiziqqan qurollarni qo‘llari bilan ushlab, ularning yig‘ib terilishi, qanday foydalansih haqida ham bilib oldilar.
Keying bosqich esa yanada qiziqarli kechdi. Harbiy qism sport maydonida tashkil etilgan sport musobaqalarida ko‘ngillilar ishtirok etib, vaqtlarini mazmunli o‘tkazdilar. Voleybolga qiziqqanlar jamoalarga birikib, o‘zaro bellashishgan bo‘lishsa, arqon tortish musobaqasida kuchlar sinashta bo‘ldi. Vorkaut maydonchasidagi bellashuvlar ham yodda qolarli bo‘ldi. Shaxmatda esa aqllar charxlanib, raqiblar bir-birlarini mot qilish uchun fursatni boy bermaslikka urinishdi. Ishtirok esa rag‘batsiz qolmadi. Tashkil etilgan sport musobaqalar g‘oliblari diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Asosiysi, bir necha soatlik sayohat yoshlarning olam-olam taassurot olishiga xizmat qilgan, kelajak taqdirini o‘zgartiruvchi qarorlar qabul qilishga turtki bo‘lgan bo‘lsa, ajab emas.
Azaldan ot yigitning chin do‘sti sanalgan. Hozirda texnika rivojlanib, ot o‘rnini boshqa ulovlar egallagan bo‘lsa-da, hozir ham alp o‘g‘lonlarimiz otda yurishadi, chavandozlik qilishadi. otda yurishning ham zavqi bo‘lgani bilan birga uni qo‘lda o‘rgatish, boqish bo‘yicha bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lish lozim. Bu boradagi mashg‘ulotlar esa hokisor jonivor bilan do‘stlashish fursati bo‘ldi. O‘g‘il-qizlar otga minib, oz fursatda bo‘lsa ham do‘stlashdilar.
Albatta, yoshlarni vatanparvarlikka, vatan xizmatiga chorlovchi bunday tadbirlar uch avlod uchrashuvisiz o‘tishi mumkin emas. Uchrashuvda, ayni paytda mehnat faoliyatini olib borayotgan harbiylar, keksalik gashtini surayotgan pir-u badavlat otaxonlarning boshidan kechirgan voqealar, qiziqarli va sinovli onlar haqidagi hikoyalar bilan yanada maroqli o‘tdi. Tajribalar bilan o‘rtoqlashildi, sohaning mashaqqati, burch sadoqati haqidagi fikrlar barchaga manzur bo‘ldi. Uchrashuv kutilmagan savollar, ularning javoblari bilan unutilmas bo‘ldi.
Asosiysi, yoshlar vaqti qanday o‘tganini sezishmadi. Sayohat yakunida ko‘nglida yana kelish ishtiyoqi bor yoshlarning fikrlari inobatga olinib, mana shunday ochiq eshiklar kuni doimiy ravishda o‘tkaziladigan bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Naqshbandiya yo‘lining yuragi

 Turkiya va Indoneziyada Surxondaryo viloyatining ziyorat va turizm salohiyati...

“27 qozonda – 27 xil osh”

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti talabalar turar joyida...

360 o‘rinli bog‘cha qurilishiga start berildi

Prezidentimizning qamrov darajasi past bo‘lgan hududlarda davlat-xususiy sherikchilik asosida...

Bandligi ta’minlandi

Angor tumanining “Qorasuv” mahallasida yashovchi, II guruh nogironi Zafar...
KunTun
KunTun