Loyihalar taqdimoti bilan tanishildi

Date:

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahridagi “Vatanparvarlar” bog‘ida Termiz botanika bog‘i, mehmonxona, restoran va xizmat ko‘rsatish nuqtalari, Said otaliq madrasasi hududida tadbirkorlik servis xizmatlari tashkil etish, “Termiz hayvonot bog‘i”ning rivojlantirish rejalari, xususiy telekanal tashkil etish hamda madaniyat muassasalarini rekonstruksiya qilish, shuningdek, dam olish maskanlari qurish loyihalari taqdimoti bilan tanishdi.
Loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish, ularning ertangi istiqbollari, iqtisodiy samaradorligini inobatga olish, sohaning malakali mutaxassislari, xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar berildi. Shuningdek, mutasaddilarga tashabbuslarning amalga oshirilishi bilan bog‘liq masalalarni hal etish, tasdiqlangan loyihalarni boshlash yuzasidan tadbirkorlarga ko‘mak ko‘rsatish vazifalari belgilab berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“IbratEdu” eshiklarini ochdi

Bandixon tumanida yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar yana bir muhim...

Tabiat bag‘rida yaralgan sahna

Bandixon tumani 9-son madaniyat markazi ijodiy jamoasi “Boysun bahori”...

“Yangi shahar”ga suv keldi

Qumqo‘rg‘on tumani “Yangi shahar” mahallasida yillar davomida dolzarb bo‘lib...

Shafqatsizlik — javobsiz qolmaydi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan holat yuzasidan Surxondaryo viloyatida tezkor choralar...
KunTun
KunTun