Talablar belgilandi

Date:

Adliya vazirligi tomonidan SHNQ 2.07.06-23 «Shahar ko‘cha-yo‘llari. Piyoda mintaqalari 2-qism» shaharsozlik normalari va qoidalari (hisob raqami 327, 17.01.2025-y) hisobga olindi. Ushbu shaharsozlik normalari va qoidalarida shahar ko‘cha-yo‘llarida piyoda mintaqalarini (piyodalar va velosiped yo‘lkalari) loyihalashga oid talablar belgilangan.
Xususan, piyoda yo‘lkalarini loyihalashda piyodalar harakati, to‘siqsiz harakatni ta’minlash, yo‘lkaning tozaligi va xavfsizligi, qolaversa, kommunal to‘siqlar bo‘lmasligi kabi ko‘rsatkichlarni inobatga olingan.
Velosiped yo‘lkalarini loyihalashda esa velosiped yo‘lkasining rejasiga muvofiq bo‘lishi, rampalarning maksimal qiyaligi 80 foizdan oshmasligi hamda maxsus yo‘l belgilariga muvofiq bo‘lishi hisobga olingan. Shuningdek, velosiped yo‘lkasini tartibga solishda velosipedchilarni avtomobildan ajratish va velosipedda harakatlanish xavfsizligi hamda qulayligi oshiriladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xavfsizlik nazorat ostida

Oltinsoy tumanida suv-sel xavfini kamaytirish va aholi yashash hududlarini...

“Yangi Diyor” – zamonaviy va qulay maskan

Muzrabot tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” konsepsiyasi asosida keng...

Xavfsizlik – ustuvor vazifa

Maktablar – kelajak bunyodkorlari kamol topadigan maskan. Shu bois...

Mavsum qizg‘in pallada

Bahor fasli bilan birga yurtimizda baraka va rizq manbai...
KunTun
KunTun