Ochiq eshiklar kunida…

Date:

Albatta, bolajonlardan kelajakda kim bo‘lishlarini so‘rasangiz, kimdir harbiy, kimdir uchuvchi, o‘t o‘chiruvchi bo‘lishni aytsa, qizaloqlar shifokor bo‘laman deya jo‘shib orzulari haqida aytib ketishadi. Bu orzular esa vaqt o‘tib, maqsadga aylanadi va shu yo‘lda harakatlar, izlanishlar boshlanib ketadi. Hamkor tashkilotlar tomonidan o‘tkazilgan “Ochiq eshiklar kuni” doirasida o‘tkazilgan tadbir Sho‘rchi Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida davom etdi.
Shifokorlik kasbiga qiziqishi baland yoshlar tashrif buyurgan texnikumda “Hamshiralik ishi”, “Davolash ishi”, va “Farmatsiya” yo‘nalishlarida nazariy bilim berilayotgani haqida ma’lumot berildi. Albatta, nazariy bilimlar amaliyot bilan uyg‘unlikda yanada boyitilmoqda. Mehmonlar ayni yo‘nalishlarda talabalarga 30 nafar mahoratli vrach-pedagoglar faoliyat yuritayotgan ta’lim maskanidagi sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.
— Ta’lim muassasamiz tibbiy o‘quv jihozlar bilar ta’minlangan va simulyatsion o‘quv xonalar tashkil etilgan, — deydi Ikrom Saidov. — Tibbiyot texnikumimizda xalqaro standartlarga javob beruvchi o‘rta tibbiyot mutaxassislarini tayyorlashda Germaniya davlatining GIZ dasturi asosida shartnoma imzoladik. Kelajakda malakali hamshiralarni Germaniya davlatiga ishga yuborish uchun talabalarga xorijiy tilni o‘rgatish ishlari yo‘lga qo‘yildi.
Ochiq eshiklar kuni doirasida o‘tkazilgan tadbirlarda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Qalqon”: qabul yakunlandi

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida talabalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash...

Aholi fikri inobatga olinadi10:49 / 24.09.2025130 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi...

Vatan deya urar yuragim

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Termiz garnizonida joylashgan harbiy...

“Ustozlik — taqdirim, mukofot esa sharafim”

O‘qituvchilik — bu kasb emas, bu taqdir. Har bir...
KunTun
KunTun