Yangi mahalla servis kompaniyasi ochildi

Date:

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovning hududlarga tashrifi Bandixon tumanidan boshlandi. Dastlab, “Birdamlik” mahallasida 23 turdagi xizmat turlari tashkil etilgan “Mahalla servis kompaniyasi”ning ochilish marosimi o‘tkazildi. Shuningdek, mahalla tizimida amalga oshirilayotgan ishlar, og‘ir sharoitdagi mahallarda servis kompaniyalari faoliyatini yo‘lga qo‘yish ishlari yuzasidan mutasaddilar axborot berdi.
Shundan so‘ng, Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiya universitetiga biriktirilgan Bandixon tumani politexnikumida dual ta’lim tizimini yo‘lga qo‘yish, yoshlar va ishsiz fuqarolarni kasb-hunar hamda xorijiy tillarga o‘qitish ishlari bilan tanishildi. Shu yerning o‘zida oliy va professional ta’lim muassasalari rahbarlari bilan tizimni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Keyingi manzilda viloyat rahbari o‘tgan yili to‘liq ta’mirlanib, zarur sharoitlar va tibbiy jihozlar bilan ta’minlangan 44-sonli oilaviy poliklinikasi faoliyati bilan tanishdi. Mutasaddilar viloyatda aholi salomatligini asrash borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan taqdimot qildi. Aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, kasalliklarni barvaqt aniqlash va davolash hamda profilaktikasini tashkil etish borasida vazifalar belgilab olindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelajak shifokorlari qasamyod qildi

Surxondaryo san’at saroyida Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Tibbiyot...

Amaliy–nazariy mashg‘ulot o‘tkazildi

TDMAU Mexanika fakultetida yo‘l harakati xavfsizligi masalalariga bag‘ishlangan amaliy–nazariy...

Yangi yil yarmarkasi tashkil etildi

Sherobod tumanida Yangi yil arafasida aholiga qulaylik yaratish va...

96 million dollarlik loyiha boshlandi

Termiz tumanida Xitoyning Anhui Wende Holding Group kompaniyasi bilan...
KunTun
KunTun