Chora koʻrildi

Date:

Ma’lumki, har bir musulmon kishining qalbida umri davomida xaj safariga borish, ibodat qilishlikni koʻngliga niyat qilib qoʻyadi. Ilgari yillar davomida navbat kutardik. Endilikda esa turfirmalari paydo boʻlib, umra safariga borishimiz ham ancha osonlashgan pallada afsuski, jamiyatimizda shunday holatlar ham uchrab turibdiki, ba’zi turfirmalar odamlarning ishonchiga kirib, chuv tushirdi.

Aytish joizki, bir necha viloyatlarda o‘tkazilgan maxsus tadbirlarda noqonuniy tarzda “Umra” tadbirlarini tashkil etib kelgan turfirmalarga nisbatan tegishli tartibda chora ko‘rildi. Ma’lum qilinishicha, Denov shahrida “Anor tour” nomi ostida davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan “Umra” tadbirini tashkil etib kelingani aniqlangan.

Holat yuzasidan turfirmada ishlab kelgan jismoniy shaxslarning xatti-harakatlari bo‘yicha to‘plangan materiallar tegishli chora ko‘rish yuzasidan huquq tartibot organlariga yuborilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xavfsizlik nazorat ostida

Oltinsoy tumanida suv-sel xavfini kamaytirish va aholi yashash hududlarini...

“Yangi Diyor” – zamonaviy va qulay maskan

Muzrabot tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” konsepsiyasi asosida keng...

Xavfsizlik – ustuvor vazifa

Maktablar – kelajak bunyodkorlari kamol topadigan maskan. Shu bois...

Mavsum qizg‘in pallada

Bahor fasli bilan birga yurtimizda baraka va rizq manbai...
KunTun
KunTun