“Prezident archasi” — bolajonlarning haqiqiy bayramiga aylandi

Date:

Yangi yilni barchamiz har yili intizorlik bilan kutamiz. Bolalikdan yangi yil bayrami mo‘jizalar olib keluvchi, yangi quvonchlar, yangi orzular olib keluvchi bayram sifatida xotiramizda qolgan. Viloyatimizning barcha tumanlarida “Prezident archasi” bezatilib, bolajonldarimiz uchun qiziqarli bayram tadbirlari o‘tkazilayotir.
Jumladan, Sho‘rchi tumanida tashkil etilgan bu yilgi bayram avvalgi yillarga mutlaqo o‘xshamagan tarzda, xalqona, yorqin, taassurotlarga boy tarzda o‘tkazildi.
Tadbir yurtimiz kelajagi bo‘lgan bolalar uchun alohida e’tibor va g‘amxo‘rlikni ifoda etdi. Davlatimiz rahbarining qo‘llab-quvvatlashi ostida olib borilayotgan ijtimoiy islohotlar, ayniqsa, bolalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan keng qamrovli dasturlar buning yorqin misolidir.
Bayram dasturi bolajonlar uchun teatr tomoshalari, interfaol o‘yinlar, sirk artistlarining qiziqarli chiqishlari hamda xonandalarning qo‘shiqlariga boy bo‘ldi. “Prezident archasi” bolajonlarning haqiqiy bayramiga aylandi.
Dinara Qo‘zimurotova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xavfsizlik nazorat ostida

Oltinsoy tumanida suv-sel xavfini kamaytirish va aholi yashash hududlarini...

“Yangi Diyor” – zamonaviy va qulay maskan

Muzrabot tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” konsepsiyasi asosida keng...

Xavfsizlik – ustuvor vazifa

Maktablar – kelajak bunyodkorlari kamol topadigan maskan. Shu bois...

Mavsum qizg‘in pallada

Bahor fasli bilan birga yurtimizda baraka va rizq manbai...
KunTun
KunTun