Munosib taqdirlandi

Date:

Volontyorlar harakati bugun ko‘plab insonlarga mehr va g‘amxo‘rlik ko‘rsatib, ko‘ngillarni shod etib kelayotir. Ehhe, bugun yosh volontyorlarimizning faoliyatini sarhisob qilsak, ko‘plab ibratli va savobli ishlarning guvohi bo‘lamiz. Muhimi, kimnidir moddiy tomondan ta’minlash emas, qandaydir ta’ma, foyda ko‘rish ham emas. Shunchaki, ko‘ngil amri, savob ilinji ila qalblarga nur ulashishdir. Bu ibrat, eng yaxshi insoniylik namunasi hamdir.
Mana shunday yaxshilik qilishga ko‘ngilli bo‘lganlar vohamizda ham bor. Siz-u biz ularni yaxshi taniymiz, ularning faoliyatiga xayrixoh ham bo‘lganmiz. Yangi yil ostonasida, o‘tib borayotgan yil yakunlarida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinayotgan pallada Toshkent shaharidagi Yoshlar ijod saroyida “TOSHKENT – MDH YOSHLAR POYTAXTI – 2024” xalqaro loyihasining yopilish marosimi doirasida “Muzrabot volontyorlari” EVH rahbari Fazliddin Abdirahmonov O‘zbekiston miqyosida joriy yil davomida o‘zini tashabbuskor, ma’suliyatli, insonparvar va fidoyiligini ko‘rsatganligi hamda O‘zbekistonda ezgu ishlar qiluvchilar safini kengaytirishdagi hissa uchun “Yil volontyori — 2024” sifatida taqdirlandi. Bunday e’tibor Fazliddin kabi unga yelkadosh bo‘lib, bahamjihatlikda faollik ko‘rsatgan barcha yoshlarni birdek quvontirdi, ruhlantirdi. Kelgusidagi volontyorlik harakatlariga yanada kuch va shijoat bag‘ishladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xavfsizlik nazorat ostida

Oltinsoy tumanida suv-sel xavfini kamaytirish va aholi yashash hududlarini...

“Yangi Diyor” – zamonaviy va qulay maskan

Muzrabot tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” konsepsiyasi asosida keng...

Xavfsizlik – ustuvor vazifa

Maktablar – kelajak bunyodkorlari kamol topadigan maskan. Shu bois...

Mavsum qizg‘in pallada

Bahor fasli bilan birga yurtimizda baraka va rizq manbai...
KunTun
KunTun