Tadbirlar qizg‘in pallada

Date:

“Mahalladagi yoshlar yetakchilari I Forumi”ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ochilish marosimida yuqori darajadagi davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, jumladan, Bosh vazir o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi, Ichki ishlar, Mudofaa, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi rahbariyati, Yoshlar ishlari agentligi direktori, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari hamda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi ishtirok etdi.
Forum doirasida tashkil etilgan tadbirlar qizg‘in pallaga kirgan. Unda 300 ga yaqin eng faol yoshlar yetakchilari 4 ta sho‘baga bo‘lingan holda yoshlar siyosatining muhim yo‘nalishlari bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirmoqda. Xususan, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, bandligini ta’minlash, huquqbuzarlikning oldini olish,“Yoshlar balansi” va “Yoshlar daftari” tizimi bilan samarali ishlash borasida ekspertlardan qimmatli tavsiyalar olishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Muzrabotda imkoniyatlar kengaymoqda

Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulov tadbirkorlik subyektlari faoliyatini o‘rganish...

Muammolar muhokamada

Surxondaryo viloyatida mas’ul tashkilotlar ishtirokida tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan...

Fuqarolar himoyasi kuchayadi

Bugun Senatning 14-yalpi majlisida “Rieltorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi qonun ma’qullandi....

Ilg‘or texnologiyalar – samaradorlik garovi

Jarqo‘rg‘on tumanidagi "Yashnabod" mahallasiga tashrif buyurgan Qishloq xo‘jaligi vaziri...
KunTun
KunTun