Tozalash ishlari olib borilmoqda

Date:

Surxondaryo viloyatining barcha hududlarida qor yog‘ib, ob-havo o‘z ishini qildi. Ana shunday sharoitda barcha uylarida, issiqqina o‘rinlarida qaynoqqina choyichib, televizor ko‘rayotgan, munosib xordiq chiqarayotgan bir paytda aholiga qulaylik yaratish maqsadida Sariosiyo tumanida ko‘chalarni va daraxtlarni qordan tozalash ishlari davom etmoqda. Sariosiyo tumanidagi barcha tashkilotlar, Obodonlashtirish boshqarmasi hamda tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi xodimlari tomonidan maxsus texnikalar jalb qilingan holda yo‘llarda harakat xavfsizligini ta’minlanmoqda, xalqaro va mahalliy ahamiyatiga ega avtomobil yo‘llariga tuz va qum aralashmasi sepib chiqilmoqda. Jumladan, Sharg‘un shahridagi “Diyorbek Quruvchi Davr” xususiy korxonasi tomonidan ko‘p qavatli uy-joy yo‘laklari tozalash, tuz sepish va daraxtlarni qorini tushirish ishlarini uzluksiz ravishda amalga oshirmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Muzrabotda imkoniyatlar kengaymoqda

Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulov tadbirkorlik subyektlari faoliyatini o‘rganish...

Muammolar muhokamada

Surxondaryo viloyatida mas’ul tashkilotlar ishtirokida tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan...

Fuqarolar himoyasi kuchayadi

Bugun Senatning 14-yalpi majlisida “Rieltorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi qonun ma’qullandi....

Ilg‘or texnologiyalar – samaradorlik garovi

Jarqo‘rg‘on tumanidagi "Yashnabod" mahallasiga tashrif buyurgan Qishloq xo‘jaligi vaziri...
KunTun
KunTun