Hududlarga tashrif Termiz tumanida davom etdi

Date:

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hududlarga tashrifini Termiz tumanida davom ettirib, “Yangi O‘zbekiston” massivida turar joylar qurilishi bilan tanishdi. Tuman rahbarlari amalga oshirilayotgan ishlar hamda hududda infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha kelgusidagi rejalar haqida axborot berdi.
Shundan so‘ng, viloyat rahbari Sherobod tumani Qorabog‘ mahallasiga tashrif buyurib, aholi turmush sharoitlarini yaxshilash maqsadida hududda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Mahallada infratuzilmani yaxshilash, kommunal xizmatlar sifatini oshirish maqsadida yo‘llarni asfaltlash, elektr ustunlarini yangilash kabi tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Nuroniylar viloyat rahbari bilan suhbatda Prezidentimizning chekka qishloq aholisining turmush sharoitlarini yaxshilashga qaratayotgan e’tiborlari uchun minnatdorchilik bildirib, yurt tinchligi va osoyishtaligini so‘rab duoga qo‘l ochishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xavfsizlik nazorat ostida

Oltinsoy tumanida suv-sel xavfini kamaytirish va aholi yashash hududlarini...

“Yangi Diyor” – zamonaviy va qulay maskan

Muzrabot tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” konsepsiyasi asosida keng...

Xavfsizlik – ustuvor vazifa

Maktablar – kelajak bunyodkorlari kamol topadigan maskan. Shu bois...

Mavsum qizg‘in pallada

Bahor fasli bilan birga yurtimizda baraka va rizq manbai...
KunTun
KunTun