Hadis ilmi bilimdonlari Termizda bellashdi

Date:

Termiz shahridagi Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida “Hadislar bilimdoni” ko‘rik-tanlovining mamlakat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Prezidentimizning 2024-yil 15-avgustdagi “Imom Termiziy tavalludining 1200 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida tashkil etilgan tanlovda yurtimizdagi o‘nta o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasining ilm-u tolib va tolibalari o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdi.
Ko‘rik-tanlov Qur’oni karim tilovati bilan boshlandi. Ochiq, oshkora o‘tkazilgan ko‘rik-tanlovda ishtirokchilar to‘rtta shart bo‘yicha bellashib, dastlab buyuk muhaddislarning hayoti va ilmiy faoliyati to‘g‘risidagi savolga javob berdi. Keyingi shartlar hadis kitoblari va hadis istilohlariga oid savollarning javobini aytish bilan davom etdi. Imom Termiziyning “Sunani Termiziy” asaridan keltirilgan hadislarni yoddan aytishdi.
O‘z davrida muqaddas islom dini rivojiga munosib hissa qo‘shgan buyuk allomalarimizning hayoti, ijodi va ilmiy faoliyati, dunyo xalqlarining bebaho mulkiga aylangan nodir asarlarining mazmun-mohiyati, qadr-qimmati o‘z ifodasini topgan tanlov ishtirokchilari bilimini nufuzli hakamlar hay’ati xolisona baholab bordi.
Tanlov yakunida “Jo‘ybori Kalon” ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi talabasi Munira Islomova faxrli birinchi o‘rinni egalladi. G‘oliblar diplom esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Unutilmas toʻy boʻldi

Qiziriq tumanida ezgu va insonparvarlikka yo‘g‘rilgan muhim tadbir tashkil...

Abdul Vahhob “Premier League” chempioni

Xitoyning Leshan shahrida karate bo‘yicha o‘tkazilayotgan nufuzli “Premier League”...

Yangi koʻprik ishga tushdi

Hududlarda infratuzilmani yaxshilash va aholiga qulay sharoit yaratish bugungi...

Shaffof va tizimli

O‘zbekistonda xorijiy davlatlarda olingan ilmiy darajalarni tan olishning yangi...
KunTun
KunTun