Koreya ta’lim markazi vakillari vohamizda

Date:

Ta’lim sohasida o‘zaro tajribalarni almashish, ilg‘or pedagogik texnologiyalarni jalb qilish maqsadida Janubiy Koreya ta’lim markazi bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Bir muddat avval viloyatimizning bir guruh ta’lim sohasi mutasaddilari ushbu davlatning ta’lim tizimidagi tajribalarini o‘rganib qaytgan edi.
Mazkur hamkorlik doirasida Janubiy Koreyaning ta’lim markazi vakillari Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurdi. Mehmonlar munosib kutib olinib, viloyat “Barkamol avlod” bolalar maktabi, Angor tumanidagi 1-sonli maktab, Termiz shahridagi “Volshebniy zamok” davlat-xususiy sherikchilik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari bilan tanishtirildi.
Mehmonlar ta’lim jarayonlari, xorijiy tillar, xususan, koreys tili darslarining borishi bilan tanishishdi hamda o‘quvchilar bilan suhbat qilishdi. Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan xorijiy tillarni o‘qitish tizimi samarali tashkil etilganligi mehmonlar tomonidan e’tirof etildi.
Shuningdek, Koreyaning ta’lim delegatsiyasi vakillari Termiz tumanida joylashgan Fayoztepa va Qoratepa ibodatxona majmualari bilan ham tanishishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xavfsizlik nazorat ostida

Oltinsoy tumanida suv-sel xavfini kamaytirish va aholi yashash hududlarini...

“Yangi Diyor” – zamonaviy va qulay maskan

Muzrabot tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” konsepsiyasi asosida keng...

Xavfsizlik – ustuvor vazifa

Maktablar – kelajak bunyodkorlari kamol topadigan maskan. Shu bois...

Mavsum qizg‘in pallada

Bahor fasli bilan birga yurtimizda baraka va rizq manbai...
KunTun
KunTun