“PREZIDENT KUBOGI” uchun…

Date:

Sport sog‘lik va muvaffaqiyat garovi. Ishonmaganlar buni sinab ko‘rishlari mumkin. Aks holda dunyo tanib va tan olayotgan sportchilarimiz bugun bizning faxr-u iftixorimizga aylanmagan bo‘lishardi. Buning uchun to‘g‘ri yo‘l va yo‘nalishni tanlash kifoya. Shundan keyin tayyorgarlikni boshlab, mahoratingizni oshiraverasiz.
Toshkent shahrida sportning gimnastrada turi bo‘yicha xotin-qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti kubogi sport musobaqasida ham mahoratini oshirib, o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazmoqchi bo‘lgan yoshlar ishtirok etdi. Jarayon qizg‘in tus oldi. Murosasiz bellashuvda esa g‘oliblarni aniqlash birmuncha qiyin kechdi.
Bir-biridan ajoyib chiqishlar orasida Sariosiyo tuman sport maktabi shug‘ullanuvchilari ham munosib ishtirok etdi va faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi. G‘oliblar diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Unutilmas toʻy boʻldi

Qiziriq tumanida ezgu va insonparvarlikka yo‘g‘rilgan muhim tadbir tashkil...

Abdul Vahhob “Premier League” chempioni

Xitoyning Leshan shahrida karate bo‘yicha o‘tkazilayotgan nufuzli “Premier League”...

Yangi koʻprik ishga tushdi

Hududlarda infratuzilmani yaxshilash va aholiga qulay sharoit yaratish bugungi...

Shaffof va tizimli

O‘zbekistonda xorijiy davlatlarda olingan ilmiy darajalarni tan olishning yangi...
KunTun
KunTun