O‘zbek olimiga xalqaro patent berildi

Date:

Rossiya Federatsiyasi Intellektual mulk Federal xizmatidan O‘zbekiston milliy universitetining professori, siyosiy fanlar doktori Baxtiyor Omonovga xalqaro patent berildi. Olimning “O‘tish davrida jamiyatni modernizatsiyalash inqirozlari” nomli fanga kiritgan ilmiy tushunchasi e’tirof etilib, xalqaro ma’lumotlar bazasiga kiritildi.Ma’lumotlar bazasi o‘tish davri bosqichlari, inqiroz paydo bo‘lish shartlari, inqiroz turi, undan chiqish yo‘llari, jamiyatni modernizatsiyalash masalalari bilan boyitilgan. Bundan tashqari, isloh etish va yangilashda yuzaga keladigan inqirozlar holatining vujudga kelish davri, sabablari va undan samarali chiqish yo‘llari belgilanib o‘rganiladi.“O‘tish davrida jamiyatni modernizatsiyalash inqirozlari” nomli tushuncha va ilmiy yangilik uzoq yillik tadqiqotlarga suyanib, xorij va mintaqamizda e’lon qilingan ilmiy adabiyotlar, amaliy tajribalarni tahlil qilish asosida ishlab chiqilgan.Professor Baxtiyor Omonov fanga kiritgan ma’lumotlar bazasidan talabalar, tadqiqotchilar, siyosatchilar, iqtisodchilar, shuningdek, rivojlanish yo‘liga o‘tib olgan yosh davlatlar o‘zlarining ijtimoiy-siyosiy faoliyatida foydalanishi mumkin.Eslatib o‘tamiz, ilmiy yangilik sotsiologiya, siyosatshunoslik, psixologiya sohalarida qo‘llaniladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xavfsizlik nazorat ostida

Oltinsoy tumanida suv-sel xavfini kamaytirish va aholi yashash hududlarini...

“Yangi Diyor” – zamonaviy va qulay maskan

Muzrabot tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” konsepsiyasi asosida keng...

Xavfsizlik – ustuvor vazifa

Maktablar – kelajak bunyodkorlari kamol topadigan maskan. Shu bois...

Mavsum qizg‘in pallada

Bahor fasli bilan birga yurtimizda baraka va rizq manbai...
KunTun
KunTun