“Idrok”: hududiy bosqichiga start berildi

Date:

Bilimingiz, aql-u idrokingiz muvaffaqiyatli sinovdan o‘tsa, demak o‘tgan vaqtingizga achinmasangiz ham bo‘ladi. Siz to‘g‘ri yo‘lda ekaningizni anglaysiz. Sinovda bilimlar yetishmasa-da, qayg‘urmang, hech bo‘lmaganda o‘zingiz uchun kerakli saboqni, xulosani chiqarsangiz kifoya. Kelgusidagi vaqtingizdan unumli foydalanishni boshlaysiz.Bilimlarni ana shunday sinovdan o‘tkazish maqsadida “Idrok” intellectual o‘yinlarining hududiy bosqichiga start berildi. Shunga ko‘ra, o‘yinning tasdiqlangan nizomiga muvofiq Surxondaryo viloyat yuridik texnikumi o‘quvchilaridan shakllantirilgan 5 ta jamoa ishtirokida tanlovning viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.Qizg‘in bahs va munozaralarga boy o‘tgan intellektual o‘yinda o‘quvchilarning umumiy, huquqiy va qiziqarli savollarga tezkorlik bilan javob berish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari sinovdan o‘tkazilib, natijalariga ko‘ra “Fuqarolar” jamoasi respublika bosqichi uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xavfsizlik nazorat ostida

Oltinsoy tumanida suv-sel xavfini kamaytirish va aholi yashash hududlarini...

“Yangi Diyor” – zamonaviy va qulay maskan

Muzrabot tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” konsepsiyasi asosida keng...

Xavfsizlik – ustuvor vazifa

Maktablar – kelajak bunyodkorlari kamol topadigan maskan. Shu bois...

Mavsum qizg‘in pallada

Bahor fasli bilan birga yurtimizda baraka va rizq manbai...
KunTun
KunTun