Tartiblarga qat’iy amal qilish kerak

Date:

Yo‘lga chiqdikmi, ishga, uyga, bormoqchi bo‘lgan manzilimizga shoshamiz. Yo‘lovchi tashuvchi transportlar esa uzog‘imizni yaqin qiladi. Hozirda avtobus yoki damas kutishdan ko‘ra yengil avtomashinalar — taksilarni to‘xtatishni lozim topamiz. Talabimizga binoan yo‘lovchi bugun ko‘chada qolmaydi, balki zumda o‘ziga kerakli ulovni to‘xtatib manziliga boradi.Ammo haydovchilar avtomobil transportida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish jarayonida tartib-qoida va me’yorlarni unutmasliklari, shoshma-shosharlikka yo‘l qo‘ymasliklari lozim. Bu borada zaruriy huquqiy asoslar yaratilib, ularning ijrosi muntazam ta’minlanib kelinmoqda.Xususan, bugun Sariosiyo tuman markazida yo‘lovchilarning yuqori darajadagi xavfsizligini ta’minlash, taksilar faoliyatini tartibga solish, avtotransport vositalarini aholiga qulay joyga ko‘chirish maqsadida tuman hokimi Abduqodir Donayev, viloyat hamda tuman Ichki ishlar bo‘limi mas’ullari, soliq xizmati organlari tomonidan manfaatdor idora va tashkilotlar bilan hamkorlikda Termiz, Toshkent va boshqa yo‘nalishlarda harakatlanayotgan taksilar ishtirokida nazorat tadbirlari o‘tkazildi.Nazorat tadbirlari davomida haydovchilarga tuman aholisi va mehmonlariga qulaylik yaratish, tuman markazidagi tirbandlikning oldini olish hamda yo‘lovchilarning uzog‘ini yaqin qilish maqsadida Sariosiyo tumani Yangihayot mahallasida yangi foydalanishga topshirilgan avtoshoxbekat orqali tuman hududida, boshqa tuman va shaharlarga harakatlanish maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida ko‘rsatma va tegishli tavsiyalar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Qahramon”ning qiyofasi o‘zgarmoqda

Yurtimizda mahallalarni obod qilishga qaratilgan “Taraqqiyot va yetakchilik maskani”...

Yoshlar — ilm va innovatsiya chorrahasida

Yurtimizda Prezident tashabbusi bilan ta’lim, fan va ishlab chiqarish...

Mening hissam

Yoshlar orasida kitob o‘qish madaniyatini rivojlantirish, o‘quvchi va talabalar...

Adolat va halollik—bosh mezon

Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosatining eng muhim yo‘nalishlaridan...
KunTun
KunTun