6 oltin bilan respublikada birinchi

Date:

Sport jismonan kuchli qilish bilan birga ruhiyatingizni, xulq-atvoringiz, fe’lingizni ham toblaydi. Sportchilarning, polvonlarning mard va tanti bo‘lishining boisi ham shunda. Bugungi kunda barcha sport turlari ommalashib, yoshlarning kuch va mahoratlari sinovdan o‘tkazilayotgan bir paytda har bitta mahalladan saralangan kuchli kurashchilar Toshkent shahridagi Universal sport saroyida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi kurash bo‘yicha “Bosh prokuror kubogi” musobaqasining hal qiluvchi final bahslarida kuch sinashdi.Polvonlarning davraga chiqishi, gilamga tushishi-yu kurash jarayonlari katta qiziqish bilan kuzatib borildi. Kurash qizg‘in va murosasiz tus oldi. Musobaqaning +90 kilogramm vaznda ishtirok etgan jarqo‘rg‘onlik polvoni Abduraxmon Yusupov barcha raqiblarining kuragini yerga tekkazib, halol 1-o‘rinni egalladi.Albatta, ushbu kurash musobaqasida Abduraxmon Yusupov kabi surxondaryolik yosh kurashchilarimiz katta marralarni ko‘zlab, niyatlariga yetishdi. Bir emas, yetti nafar polvonlarimiz or uchun davraga tushib, 6 ta oltin va 1 ta bronza medal bilan respublikada 1-o‘rinni egalladi.

Nargiza Musayeva

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun