Bayrog‘imiz Antraktida cho‘qqisida…

Date:

Davlat ramzlarimizdan faxrlanamiz. Madhiyamiz yangrasa, beixtiyor qo‘limiz ko‘ksimizda bo‘ladi. Qaysidir davlatda bayrog‘imiz hilpirayotgan bo‘lsa, o‘zbekligimizdan g‘ururlanib ketamiz. Biz ana shunday tarbiya topganmiz, vatanparvarlik qon-qonimizga, jonimizga singib ketgan. Albatta, davlat ramzlarimiz haqidagi qimmatli ma’lumotlardan ham xabardorligimiz o‘zimizga bo‘lgan ishonchimizni-da oshiradi.
Sherobod tuman Maʼnaviyat va maʼrifat bo‘linmasi tashabbusi bilan tumandagi “Bahor” mahallasida joylashgan Ixtisoslashtirilgan maktabida 18-noyabr – O‘zbekiston Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan o‘quvchilar o‘rtasida bayroqdagi ranglarning ma’nosi va timsollari haqida o‘tkazilgan tadbir esa ayni bilimlarni yanada mustahkamladi.
Tadbirda savol-javoblarda faol ishtirok etgan o‘quvchilarga tuman Maʼnaviyat va maʼrifat bo‘linmasi tomonidan kitoblar sovg‘a qilindi. Ayniqsa, “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i Antraktida cho‘qqisida” nomli videorolik namoyishi barchada katta qiziqish uyg‘otdi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Marafon birdamlikka chorladi

Termiz shahrida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi...

Qish betalafot oʻtadi

Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida qish mavsumini betalafot o‘tkazish...

Halollik tamoyillari mustahkamlanadi

9-dekabr — Korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan Surxondaryo...

ID-pasportlar tantanali topshirildi

Konstitutsiya bayrami arafasida Sho‘rchi tumanida 16 yoshga to‘lgan yigit-qizlarga...
KunTun
KunTun