Ma’ruzalar muhim ahamiyat kasb etdi

Date:

Termiz davlat universitetida “Oilaviy munosabatlar psixologiyasi: muammo va yechimlar” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Universitetning 70 yillik yubileyiga bag‘ishlangan konferensiya yalpi majlisidan so‘ng ishtirokchilar sho‘balarga bo‘lingan holda ma’ruzalarda ishtirok etdilar.Har bir sho‘bada oilaviy munosabatlar muammosining ijtimoiy-psixologik jihatlariga, bugungidek globallashuv sharoitida oilaviy qadriyatlar transformatsiyasiga e’tibor qaratdilar. Shuningdek, yoshlarni oilaga tayyorlashning ijtimoiy-psixologik jihatlari tushuntirildi. O‘zbek oilalarida gender stereotiplar va ijtimoiy rollar muvofiqligi haqidagi ma’ruzalar, ayniqsa, talaba-yoshlar uchun muhim ahamiyat kasb etdi. Shuni ham e’tirof etish kerakki, bugungidek texnologiyalar rivojlangan sharoitda ta’lim-tarbiya jarayoniga psixologik-pedagogik va innovatsion yondashuvlar yaxshi samara bermoqda. Ayni mavzudagi seminar ham ishtirokchilarning diqqat markazida bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xavfsizlik nazorat ostida

Oltinsoy tumanida suv-sel xavfini kamaytirish va aholi yashash hududlarini...

“Yangi Diyor” – zamonaviy va qulay maskan

Muzrabot tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” konsepsiyasi asosida keng...

Xavfsizlik – ustuvor vazifa

Maktablar – kelajak bunyodkorlari kamol topadigan maskan. Shu bois...

Mavsum qizg‘in pallada

Bahor fasli bilan birga yurtimizda baraka va rizq manbai...
KunTun
KunTun