Manzura Ulug‘berdiyeva g‘olib

Date:

Ma’naviyat, ma’rifat targ‘ib qilinar ekan, yoshlar ongida salbiy o‘y-fikrlar, xulqida illatlar shakllanmaydi. Yurtimizda ta’lim dargohlarida ma’rifat targ‘ibotchilari o‘z ishlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishganki, faqat va faqat yoshlarning yutuq va muvaffaqiyatlari, yaratuvchanlik, izlanuvchanlikka oshno ekani haqida so‘zlaymiz. Ma’rifat targ‘ibotchilarning faoliyatini yuzaga chiqarish, tajribalarini ommalshtirish, munosib rag‘batlantirish maqsadida “Yilning eng faol ma’rifat targ‘ibotchisi” respublika tanlovi o‘tkazib kelinadi. Bu yil ham Termiz Davlat universitetida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Surxondaryo viloyati boʻlimi tomonidan tanlovning viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda ma’naviy-ma’rifiy ishlarning samarasi va ta’sirchanligini oshirish, ko‘lami va miqyosini yanada kengaytirish, aholi, avvalo, yoshlar qalbida vatanparvarlik, amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik hissini kuchaytirishda o‘zining fidoyiligi, tashabbuskorligi bilan munosib hissa qo‘shib kelayotgan eng faol targ‘ibotchilar aniqlandi.Viloyatda “Yilning eng faol ma’rifat targ‘ibotchisi” sifatida sherobodlik Manzura Ulug‘berdiyeva deb topildi va birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xavfsizlik nazorat ostida

Oltinsoy tumanida suv-sel xavfini kamaytirish va aholi yashash hududlarini...

“Yangi Diyor” – zamonaviy va qulay maskan

Muzrabot tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” konsepsiyasi asosida keng...

Xavfsizlik – ustuvor vazifa

Maktablar – kelajak bunyodkorlari kamol topadigan maskan. Shu bois...

Mavsum qizg‘in pallada

Bahor fasli bilan birga yurtimizda baraka va rizq manbai...
KunTun
KunTun