Ishsizlar ishli bo‘ldi

Date:

Mamlakatimizda yoshlarni ish bilan ta’minlash, ularga hunar o‘rgatish, tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish orqali farovon turmush muhitini yaratish maqsadida keng imkoniyatlar yaratilayotganligi barchamizga ma’lum. Jumladan, Qumqo‘rg‘on tumani prokuraturasi tashabbusi bilan tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi, Yoshlar ishlari agentligining tuman bo‘limi hamkorlikligida tuman Madaniyat bo‘limi binosida otaliqqa olingan, ishsiz yoshlar va fuqarolarning bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlikka keng jalb etish maqsadida, “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” o‘tkazildi.

Shuningdek, mehnat yarmarkasida byudjet korxonalari va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘zlarining jami 308 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdilar.

Tadbirda 65 nafar ishsiz yosh qatnashib, 2 nafari doimiy ishga joylashtirildi, 8 nafariga kasb-hunarga o‘qishga yo‘llanma berildi, 15 nafari turli yo‘nalishlar bo‘yicha o‘zini-o‘zi band qilindi hamda 30 nafar fuqaroga mehnat qonunchiligi bo‘yicha huquqiy maslahatlar berildi.

D.Qo‘zimurotova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bolalarga quvonch ulashib…

Jamiyatda mehr-oqibat va saxovat qadri baland bo‘lgan yurtda ezgu...

“Temurbek” — sahnada jonlandi

Yurtimizda buyuk ajdodlar merosini targ‘ib etish, yosh avlodni tarixiy...

UMR — ILM, XIZMAT VA SHARAF YO‘LI

Ustoz haqida so‘z yuritish — bu shunchaki bir insonning...

SO‘Z VA SHAXSIYAT

So‘z – har qanday ulug‘ san’atkor ijodida muallif ko‘zlagan...
KunTun
KunTun