Mukammal ta’mirlanib…

Date:

Shunday davlatlar borki, aholi savodxonligi past darajada. Kimlardir balog‘at yoshida ham o‘qish-yozishni bilmaydi. Bu o‘sha insonning, o‘sha davlatning fojiasi emasmi? Shukrki, yurtimizda barcha majburiy ta’lim olib, xat savodi chiqariladi. Har bir insonning taqdiri davlat uchun muhim. Maktablarimizda barcha shart-sharoitlar yetarli. O‘quvchi soni ko‘pmi, maktabning yangi binolari, hududlarda, yangi filiallari-da qurilib, foydalanishga topshiriladi. Yosh avlodning ta’lim-tarbiyasi uchun barcha imkoniyatlar yaratiladi.
So‘z isboti bilan deganlaridek, yurtimizda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni ko‘rib, kuzatib kelmoqdamiz. Jarqo‘rg‘on tumanidagi 47-maktab ham mukammal ta’mirlanib, zamonaviy ko‘rinishga keltirildi. Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Jarqo‘rg‘on tumaniga tashrifi davomida hududdagi ushbu maktabda bo‘lib, ta’lim muassasasida yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Xususan, maktabdagi shaxmat burchagi, mashg‘ulot jarayonlari, maktabda tashkil etilgan Milliy gvardiya sinfi faoliyati ko‘zdan kechirildi.
Maktab jamoasi bilan bo‘lgan suhbat davomida ta’lim sifatini yanada yaxshilash borasida amalga oshiriladigan istiqbolli vazifalar xususida so‘z yuritildi. Tashrif davomida davlat dasturi asosida zamonaviy ko‘rinishda 400 million so‘m mablag‘ evaziga bunyod etilgan maktabning mini-futbol maydoni foydalanishga topshirildi. Tantanali tadbir davomida viloyat rahbari sportchi o‘g‘il-qizlarga esdalik sovg‘alarini topshirdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi investitsiya loyihalari ko‘zdan kechirildi

Termiz shahrida faoliyat yuritayotgan “Brightly Mega Water” MCHJ korxonasining...

Sifat muhim

Surxondaryo viloyatida turizm sohasini rivojlantirishga qaratilgan loyihalar ijrosi muhokama...

Yaralar tez va xavfsiz bitadi

O‘zbekiston FA Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti olimlari xalqaro...

Kitobxonlik klublari tashkil etiladi

Prezident qaroriga muvofiq, kitobxonlikni targ‘ib etishga qaratilgan yangi tashabbuslar...
KunTun
KunTun