Vatanparvarlik vujudimizda

Date:

Vatanni sevish — inson tug‘ilganidan onasini yaxshi ko‘rish, o‘z uyini sog‘inish bilan boshlanadi. Onamizsiz kunimiz o‘tmaydigandek, uyimizdan uzoqda bo‘lsak, unga qaytgimiz kelaveradi. Bu vatanga bo‘lgan muhabbatning biz payqamagan, hali anglab ulgurmagan bir ko‘rinishidir. Maktabda esa ona so‘zi ila, Vatan so‘zini yozishni o‘rganamiz. Ustoz saboqlari tuyg‘ularimizga ta’rif bergandek bo‘ladi. O‘sh lahzalardan boshlab, biz vatanni himoya qilish, uni sarhadlarini qo‘riqlash orzusi bilan yonamiz. Ha, vatanga xizmat qilish eng oliy va muqaddas burchdir.
Har bir tadbir, targ‘ibot-tashviqot ishlari, bayram-u kechalar siz-u bizni vatanparvarlikka, chin insoniylikka ergashtirishga xizmat qiladi. Mutolaaga chorlovlarda ham ayni tuyg‘ular qorishig;’ini his etamiz. Termiz harbiy prokurori Sh.Mirzayev tomonidan Sherobod tumanining olis hududidagi 22- va 23-sonli maktablarida ham o‘quvchi-yoshlarni vatanparvarrlikka chorlovchi “Prokurorlik soati” o‘tkazildi. Tadbir davomida o‘quvchilarga “Vatanparvarlik vujudimizda” shiori ostida “Yoshlar — kelajagimiz” mavzusida ma’ruza qilinib, vatanni sevish, uni himoya qilish har birimizning burchmiz ekanligi tushuntirildi.
Ana shunday tadbirlar Milliy Gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasida, harbiy qismlarda ham davom etdi. “Huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish” mavzusidagi ma’ruzalar, ayniqsa, yoshlar uchun ahamiyatli bo‘ldi. Termiz harbiy prokurorining yordamchisi Daler Rahmatillayevning jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha profilaktik targ‘ibot tadbiri ham e’tibordan chetda qolmadi.
Bugungi kunda yoshlarni to‘g‘ri yo‘lga solish, huquqbuzarlik va jinoyatchiliklardan asrash eng muhim vazifadir. Rahbar va mas’ullar tomonidan olib borilayotgan tadbirlar esa maqsadga yetishimizda eng yaxshi targ‘ibotdir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

 “Tabiat uchun g‘amxo‘rmiz”

Boysun tumanida atrof-muhitni asrash va ekologik madaniyatni yuksaltirish maqsadida...

Milliy dastur ishga tushiriladi

Mamlakatda infarkt va insultning oldini olishga qaratilgan “Infarkt va...

Mahkumlar masofali video-uchrashuvdan foydalanadi

Jinoyat-ijro kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, endi mahkum o‘z shaxsiy...

Eksport hajmi oshadi

Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va aholini yil davomida sabzavot mahsulotlari...
KunTun
KunTun