Ishsiz yoshning kayfiyati tushkun bo‘ladi va o‘zini keraksizdek his etadi. Unga imkon beringchi, ana shundagina ruhiyatidagi o‘zgarishlarni kuzatib, har bir inson qo‘llab-quvvatlovga, turtkiga muhtoj ekaniga amin bo‘lasiz. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Surxondaryo viloyati filiali rahbari Murodullo Tursunov Uzun tumanidagi “Obizarang” mahallasidan biriktirilgan 19 nafar yosh bilan uchrashib, ularning muammolarini o‘rganish davomida ayni ayni jihatga e’tibor qaratgan bo‘lsa, ajab emas.
Uchrashuvga kelgan yoshlarning 5 nafariga o‘z o‘zini band qilish maqsadida 4 ta motokultuvator hamda 1 ta preforator berildi. Endi ularni band qiladigan, vaqtini foydali o‘tkazishga xizmat qiladigan uskunalari borligidan quvonishdi. Ushbu anjomlar filial rahbari Murodullo Tursunov hamda Uzun tumani hokimi Xabibulla Bozorov ishtirokida tantanali topshirildi.
Shu kunning o‘zida rahbarlar mahalladagi nizoli xonadonlarda bo‘lishni-da unutishmadi. Ana shunday oila vakillari bilan suhbat o‘tkazishdi, tushuntirish ishlarini olib borishdi.
Aytish kerakki, har qanday nizo, kelishmovchilik va muammolarning ildiz otishiga bekorchilik sabab bo‘ladi. Muammoni bartaraf etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-avgustdagi “Kambag‘al va ishsiz fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularning mehnat faolligini oshirish va kasb-hunarga o‘qitishga qaratilgan hamda aholi bandligini ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 4804-sonli qarori qabul qilingan. Ushbu qarorga asosan esa Uzun tumanida “Ishga marhamat” monomarkazi tashkil etilgan.
Ishsiz fuqarolar ushbu markazga kelib, munosib ish o‘rinlarini qidiradi. Yoki biror bir kasb-hunarni o‘rganish uchun o‘quv kurslariga qatnashadi.
Rahbarlarning keyingi manzili ushbu monomarkaz bo‘ldi va u yerdagi shart-sharoitlar, markaz faoliyati bilan tanishildi.
Ishsiz yoshlar ish bilan band
Date: