Bosh vazir o‘rinbosari Jarqo‘rg‘onda

Date:

Bugungi zamonning xotin-qizlari kechagidek, ishsiz, oshxonadan chiqa olmas sharoitda emas. Ular uy yumushlari, oilasi va bola tarbiyasi bilan birga jamiyatda o‘z o‘rnini-da topishga muvaffaq bo‘lishgan. Davlat tashkilot va idoralarida deysizmi, biznesda-yu ijodda, san’atda, xullas, barcha jabhada ular erkaklar bilan yelkama-yelka turib xizmat qilishayotir, muvaffaqiyatga erishishayotir.
Hayotda o‘z o‘rnini topayotgan zamondoshlarini ko‘rgan ishsiz xotin-qizlar ham munosib ulgu olishayotir. Hechdan ko‘ra kech bo‘lsa-da, o‘z yo‘lini tanlashayotir. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Zulayxo Maxkamova Jarqo‘rg‘on tumanidagi “Qorabura” mahallasida bo‘lib, jamiyatda o‘z yo‘lini topgan ayollarning faoliyatlari bilan tanishdi. Shuningdek, Hunarmandlar markazi, Parrandachilik komplekslarida bo‘lib, xotin-qizlar bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi. Mutasaddilarga yaratilgan keng ko‘lamli imkoniyatlardan samarali foydalangan holda hududdagi ishsiz xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish va bandligini ta’minlash bo‘yicha vazifalarni belgilab berdi.
Tashrif davomida Jarqo‘rg‘on tumanida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini hal etish, jamiyatda oila institutining rolini oshirish, ajrimlarning oldini olish vazifalari topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ulkan marralar sari…

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida Surxondaryo viloyati hokimi...

Yangi yo‘nalish — yangi qulaylik!

Aholiga yanada qulay sharoit yaratish va transport xizmatlari sifatini...

Xavfsizlik nazorat ostida

Oltinsoy tumanida suv-sel xavfini kamaytirish va aholi yashash hududlarini...

“Yangi Diyor” – zamonaviy va qulay maskan

Muzrabot tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” konsepsiyasi asosida keng...
KunTun
KunTun