Qaytar dunyo…

Date:

— Aziz aka, oyijonga “plitka” olmadik-ku?
— Boraqol, tez olib kel. Kelinchak qaynonasi yaxshi ko‘radigan sutli shokolad olib kelganda hisobchi ularning narsalarini endigina savatdan peshtaxtaga olayotgandi…
Kechki taomdan so‘ng:
— Oyi, bu sizga, — dedi Aziz shokoladni uzatib. Dilsora o‘g‘lining qo‘lidan shirinlikni olib, ochdiyu, shundoq qog‘ozning o‘zida bo‘laklarga bo‘ldi. Endi bir bo‘lagini og‘ziga solgandi, nevarasi mo‘raladi
— Kel, kel, oh beraman! O‘g‘lining ortidan kirgan Nozik havotirlandi “tomog‘i og‘rib qolmasa bo‘ldi”, ammo gapini sirtiga chiqarmadi. O‘g‘li ham buvisi uzatgan shirinlikni oldi-yu, yugurib borib, onasining og‘ziga soldi.
— Ko‘rdingizmi, — dedi qaynonasi, — bu qaytar dunyo, o‘g‘lim menga ilindi, nevaram sizga — o‘z onasiga!
Har ishdan hikmat izlaydigan qaynonasi Nozikka tarbiyadan yana go‘zal bir misol keltirgan edi.
Aslida, izlagan odam har qadamdan yaxshilik topa oladi, bu bo‘layotgan voqea-hodisalarga qaysi ko‘z bilan qarashingizga bog‘liq.

F.Salxodjayeva

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsadni ko‘rsatish majburiy

O‘zbekistonning bir qator banklari va to‘lov tashkilotlari mobil ilovalarda...

Kitobxonlikka chorlab…

Termiz davlat universitetida arzonlashtirilgan kitoblar yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Tadbir...

Mahallalar rivojlantiriladi

Surxondaryo viloyatida og‘ir toifaga kiritilgan 114 ta mahallani kompleks...

Sariosiyo — yirik qurilishlar maydoni

Sariosiyo tumanida tadbirkorlik muhitini yaxshilash, yangi ish o‘rinlari yaratish...
KunTun
KunTun