“Akademik harakatchanlik” dasturining yosh olimlari aniqlandi

Date:

Amaliyotga tatbiq etilajak har bir loyiha u yoki bu sohada o‘zgarishlar, yangilanishlar sari odimlashga xizmat qiladi. Shu sababdan ham izlanuvchilardan tashabbuslar, g‘oyalar kutiladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-apreldagi 222-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan “Akademik harakatchanlik” dasturi bo‘yicha 37 ta loyihalar qabul qilindi.
Tanlov natijalariga ko‘ra 13 nafar yosh olimning loyihalari g‘olib topilib, moliyalashtirish bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilindi. Quvonarlisi, ushbu tanlovda Termiz davlat universitetining 4 nafar doktoranti ham go‘lib deb topildi. Aziza Xolboyeva “Tarkibida azot, oltingugurt va fosfor bo‘lgan antipiren-antiseptiklar sintezi, tadqiqoti va ularning qo‘llanishi”, Abdullo Mukimov esa “Organomineral qo‘shimchalar asosida yuqori markali sementlar ishlab chiqarish texnologiyasini yaratish” bo‘yicha loyihalari bilan muvaffaqiyatga erishdilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xavfsizlik nazorat ostida

Oltinsoy tumanida suv-sel xavfini kamaytirish va aholi yashash hududlarini...

“Yangi Diyor” – zamonaviy va qulay maskan

Muzrabot tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” konsepsiyasi asosida keng...

Xavfsizlik – ustuvor vazifa

Maktablar – kelajak bunyodkorlari kamol topadigan maskan. Shu bois...

Mavsum qizg‘in pallada

Bahor fasli bilan birga yurtimizda baraka va rizq manbai...
KunTun
KunTun