Qorabayir otlari mahorat maktabiga sayohat

Date:

Sayohat insonga ma’naviy-estetik zavq, xordiq bag‘ishlashi bilan birga kelgusi orzu va maqsadlarimizga, rejalarimizga ham ta’sir etadi. Bir so‘z bilan aytganda, motivatsiya beradi. Termiz shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilarining Termiz tumanida joylashgan Qorabayir otlari mahorat maktabiga uyushtirgan sayohati ham ana shunday ahamiyat kasb etdi.


Sayohat bahonasida o‘quvchilar kamondan otish hamda ot sporti turlari bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarda ham qatnashdi. Tashrif davomida, ushbu mahorat maktabi direktori podpolkovnik Dilmurod Taxirovich hamda oʻquv-tarbiyaviy va yoshlar bilan ishlash boʻyicha direktor oʻrinbosari Akmal Bobonazarovich o‘quvchi-yoshlarga otni egarlash, ot minish hamda kamondan otish san’ati borasida dastlabki ko‘nikmalarni berib o‘tdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“IbratEdu” eshiklarini ochdi

Bandixon tumanida yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar yana bir muhim...

Tabiat bag‘rida yaralgan sahna

Bandixon tumani 9-son madaniyat markazi ijodiy jamoasi “Boysun bahori”...

“Yangi shahar”ga suv keldi

Qumqo‘rg‘on tumani “Yangi shahar” mahallasida yillar davomida dolzarb bo‘lib...

Shafqatsizlik — javobsiz qolmaydi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan holat yuzasidan Surxondaryo viloyatida tezkor choralar...
KunTun
KunTun