31 xonadon elektr energiyasi bilan ta’minlandi

Date:

Elektr energiyasida me’yor o‘rnatilgani, belgilangan me’yordan o‘tgach, narxlar oshirilgan qiymatda hisoblanishi ko‘pchilikni sergaklantirib qo‘ydi. Ortiqcha chiroqlarni o‘chirib, keraksiz energiyani sarflamasdan tejamkorlikka o‘rgata boshladi. Kim ham cho‘ntagiga zarar qilishni istardi. Qolaversa, elektr energiyasida yanada tejamkorlikka erishish maqsadida aholi o‘z xonadonlarida quyosh panellarini ham o‘rnatishayotir.
Sariosiyo tumanidagi Turmushobod mahallasining tog‘li Kundai juvoz qishlog‘ida (30 kVt ) tarmoqli quyosh elektr stansiyasi foydalanishga topshirildi. Ushbu o‘rnatilgan quyosh elektr stansiyasi natijasida qishloqdagi 31 ta xonadon hamda mahalla hududida joylashgan umumta’lim maktabi to‘liq elektr energiyasi bilan ta’minlandi.
Ushbu quyosh elektr stansiyasi turli ijtimoiy obyektlari, kichik biznes va sanoat majmualarida foydalanish uchun mo‘ljallangan. Tarmoqqa o‘rnatilgan quyosh elektr stansiyasi (30 kVt) ishonchli va ekologik toza energiya ta’minotini ta’minlaydi, energiya xarajatlarini kamaytiradi va iqtisodiyotning barqaror rivojlanishiga hissa qo‘shadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“IbratEdu” eshiklarini ochdi

Bandixon tumanida yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar yana bir muhim...

Tabiat bag‘rida yaralgan sahna

Bandixon tumani 9-son madaniyat markazi ijodiy jamoasi “Boysun bahori”...

“Yangi shahar”ga suv keldi

Qumqo‘rg‘on tumani “Yangi shahar” mahallasida yillar davomida dolzarb bo‘lib...

Shafqatsizlik — javobsiz qolmaydi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan holat yuzasidan Surxondaryo viloyatida tezkor choralar...
KunTun
KunTun