Viloyat hokimi Termiz, Angor va Sherobod tumanlarida bo‘ldi…

Date:

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz, Angor va Sherobod tumanlarida bo‘lib, turar joylar qurilish, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlarini nazorat qilish maqsadida tumanlarda bo‘ldi. Jumladan, “Yangi O‘zbekiston” massivlarini barpo etish borasidagi ishlar bilan tanishdi. Shuningdek, aholining turar joyga bo‘lgan ehtiyojini qondirish hamda munosib turmush sharoit yaratish maqsadida barpo etilayotgan ushbu loyihalarda qilinayotgan xato kamchilliklar yuzasidan mas’ullarga ishlarni jadallashtirish, shaharsozlik qurilish normalariga qat’iy rioya etilishi ustidan doimiy nazorat o‘rnatish, loyihalarning belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirilishini ta’minlash vazifalari yuklandi.Sherobod tumanida Abu Iso Muhammad At-Termiziy majmuasi hududini obodonlashtirish va ko‘kalamzortirish hamda tuman hududidan o‘tuvchi 4R-103 “Sherobod sh-Surxon temir yo‘l stansiyasi” avtoyo‘lining Sherobod daryosi ustidan o‘tuvchi qismida joylashgan ko‘prikni rekonstruksiya qilish obyektida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari bilan ham tanishildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xavfsizlik nazorat ostida

Oltinsoy tumanida suv-sel xavfini kamaytirish va aholi yashash hududlarini...

“Yangi Diyor” – zamonaviy va qulay maskan

Muzrabot tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” konsepsiyasi asosida keng...

Xavfsizlik – ustuvor vazifa

Maktablar – kelajak bunyodkorlari kamol topadigan maskan. Shu bois...

Mavsum qizg‘in pallada

Bahor fasli bilan birga yurtimizda baraka va rizq manbai...
KunTun
KunTun