Ziqna zaqqum

Date:

Kiyimlarining oxori to‘kilib, eskirib ketgan ayol, eriga yolvordi: “Jon dadasi, iltimos… Bozorga olib tushing. Ustimga u-bu narsa olib bering. Kiyimlarim eskirib, ilma-teshik bo‘lib ketdi. Kiygani uyaladi odam. Rosayam vilyur xalat kiygim kelyapti. Olib beraqoling iltimos, jon dadasi…”
Necha oydan beri eriga yalinadi. Ziqna, qurumsoq eri o‘ziga olsa oladiyu ayoliga qaramaydi. Uning ayoliga qarab, aytadigan bir shiori bor: “Erkak ko‘chaniki… Doim o‘ziga qarab yurishi kerak. Ayol uyniki… Ayolga shart emas har xil qilib kiyinib…Boringni kiyib yuraver!”
Og‘ir ishlarni hammasini ayoliga qildiradi. Ayolning vazifasi deb biladi. Ayolning yuki yengillashsa, boshga chiqadi deb o‘ylaydi. Shundan qo‘rqib, ayolini tindirmaydi. Erning qo‘liga qaragan inson, uning hech mehnat qilmasligini yaxshi anglaydi. Qo‘li huddi go‘zallik salonidan chiqqan hurliqoning qo‘liga o‘xshaydi.
Oylar o‘tib, erini bozorga ko‘ndirgan ayol, harxasha qila-qila muzqaymoqqa yetishgan boladek xursand…
Oldirdi…Vilyur ko‘ylak oldirdi. Hursand bo‘lib ketganidan: “Dadasi, Alloh rozi bo‘lsin. Pulingizni barakasini bersin,” dedi quvonib. Er: “Afiristlik qilmasdan tez-tez yur. Yaxshi gapirib yana u-bu narsa oldirmoqchi bo‘lsang xomtama bo‘lma…”, dedi qadamini tezlatib.
Erining orqasidan pildillagancha yurib ketar ekan, ko‘zi kabobga tushib, yutinib qo‘ydi. Uydan chiqarkan o‘zicha hayol qilgandi…”yaxshi gapirib, kabobgami, lavashgami ko‘ndiraman. Er-xotin gaplashiib mazza qilib, o‘tirib yeymiz”, deb. Eriga hech narsa deyolmadi. Uyga kelgach, bir kun avvalgi moshxo‘rdasini isitarkan, eri oshxonaga mo‘ralab: “Menga ovqat tayyorlama. Bugun o‘rtoqlarim bilan kabobxo‘rlik qilamiz. Birozdan so‘ng ketaman”, dedi ayoliga kiyim olib berib, katta ishni qoyillatgan erkakdek. Ayol yig‘lagudek bo‘ldi-yu, sekingina “xop”, dedi. Bolalari bilan o‘tirib, ovqatlanarkan o‘pkasi to‘ldi-yu, sabr bilan ko‘z yoshini ichiga yutdi…

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi xususiy maktab xizmatga shay

Denov tumanida ta’lim tizimini rivojlantirish yo‘lida navbatdagi muhim qadam...

Mis qayta ishlanadi

Uzunda mis qazib olish va qayta ishlash loyihasini amalga...

Jarqo‘rg‘onda 1 000 ta ish o‘rni yaratiladi

Xorijiy investorlar va kompaniyalar delegatsiyalari bilan bo‘lib o‘tgan navbatdagi...

Basaltdan mineral vata ishlab chiqariladi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov investorlar bilan navbatdagi uchrashuvlarni...
KunTun
KunTun