Muddatidan oldin ozod etildi

Date:

Mahkumlarning muddatidan oldin ozod etilishi, ularni ruhlantirishi, davlat boshqaruvidan, jamiyatdan rozi va mamnunlik hissini uyg‘otishi ham bor gap. Bunday kayfiyatdagi inson esa oilasi bag‘riga qaytib, halol mehnat ila yaqinlari bilan bekam-u ko‘st yashashni maqsad qiladi. Ayni kunlarda ham jazoni o‘tayotgan mahkumlarda ana shunday kayfiyat hukmron bo‘ldi.
Surxondaryo viloyat sudi binosida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining o‘rinbosari Ikrom Muslimovning sayyor qabuli o‘tkazildi. Unda Termiz tumani Ichki ishlar bo‘limi Probatsiya guruhida jazo muddatini o‘tayotgan besh nafar mahmun muddatidan oldin ozod etish to‘g‘risida tuman IIB boshlig‘ining taqdimnomasi ko‘rib chiqildi.
O‘zining yaxshi xulqli, tuzalish yo‘liga kirgan va chin dildan pushaymon bo‘lganligini bildirgan 5 nafar shaxsga nisbatan tayinlangan jazo muddatidan ilgaridan shartli ravishda tugatildi hamda ularga qayta jinoyat sodir etmaslik to‘g‘risida profilaktik suhbatlar o‘tkazildi. Shuningdek, sayyor qabul davomida mamlakatimizda sud-huquq tizimida olib borilayotgan islohotlar hamda fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarga to‘xtalib o‘tildi. Keyingi yillarda Prezidentimiz tashabbusi bilan yurtimizda inson huquqlari ustuvorligini ta’minlash, sudlarda adashib, jinoyat yo‘liga kirganlar, o‘z qilmishidan pushaymon bo‘lganlar uchun bag‘rikenglik va insonparvarlik tamoyillari joriy etilganligi qayd etildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

 “Tabiat uchun g‘amxo‘rmiz”

Boysun tumanida atrof-muhitni asrash va ekologik madaniyatni yuksaltirish maqsadida...

Milliy dastur ishga tushiriladi

Mamlakatda infarkt va insultning oldini olishga qaratilgan “Infarkt va...

Mahkumlar masofali video-uchrashuvdan foydalanadi

Jinoyat-ijro kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, endi mahkum o‘z shaxsiy...

Eksport hajmi oshadi

Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va aholini yil davomida sabzavot mahsulotlari...
KunTun
KunTun