Mahalla binosi foydalanishga topshirildi

Date:

Mustaqilligimizning 33 yilligi tantanalari arafasida ko‘plab bino va inshootlar, ta’lim maskanlari, ijtimoiy hamda savdo nuqtalari foydalanishga topshirildi va ana shunday ochilishlar davom etmoqda. Ayni ishlarning davomi sifatida Mahalla fuqarolar yig‘inlari xodimlariga yanada qulayliklar yaratish maqsadida Muzrabot tumanidagi “Gulobod” mahalla fuqarolar yig‘ini binosi yangidan qurib, foydalanishga topshirildi.
Albatta, bugun aholi muammolariga yechim topish, ularning og‘irini yengil qilish, hayotdan rozi bo‘lib yashashiga hissa qo‘shishda mahalla fuqarolar yig‘inlari muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun ham mahallaning jamiyat hayotidagi o‘rniga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mahalla binosining tantanali ochilish marosimida tuman hokimi Abdurashid Ismailov, tuman prokurori Islombek Xo‘jamurodov, tuman IIB boshlig‘i O‘tkir Shukurov, nuroniylar, mahalla faollari va yoshlar ishtirok etdi.
Yangi qurilgan mahalla binosida mahalla raisi, mahalladagi hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, ijtimoiy xodim hamda profilaktika inspektori uchun alohida xonalar mavjud bo‘lib, ularning har biri zamonaviy moddiy-texnika vositalari va mebel jihozlari bilan ta’minlangan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

HOSIL MO‘L BO‘LSIN DESANGIZ…

Qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligini oshirishda o‘tin va ko‘mir kulining...

Ijara tizimida moliyaviy rag‘bat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2025-yil uchun xususiylashtirish dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni...

Taraqqiyot va adolat poydevori

Yangi O‘zbekiston taraqqiyot bosqichida bosh mezon bitta: xalq manfaatlari...

Qutlug‘ ayyom 10 kun davom etadi

Surxondaryo zaminida bahorning ilk nafasi sezilishi bilan ko‘ngillarda o‘zgacha...
KunTun
KunTun