Surxon uzumlari “Uzum saylida”

Date:

O‘tgan yili Oltinsoy tumanida “Uzum sayli” o‘tkazilib, Surxon uzumlari ko‘z-ko‘z bo‘lgan, ovozasi butun dunyoni tutgan edi. Bu yilgi “Uzum sayli” Toshkent viloyati Parkent tumanida tashkil etildi. Ushbu nufuzli festivalga respublikamizning barcha viloyatlari bilan bir qatorda Surxondaryo viloyati ham o‘z uzumlari bilan ishtirok etdi. Vohamiz uchun ajratilgan pavilyonga tashrif buyurgan borki, Surxoncha atmosferaga tushib qolgandek bo‘ladi. Surxoncha milliylik tarannum etgan pavilyon mehmonlar e’tiborini tortmay qo‘ymadi. Festivalda madaniyat boshqarmasining “Qirmizi” folklor jamoasi oʻzining Surxondaryo viloyatining urf-odatlari bilan chiqishlari tomoshabinlarda katta qiziqish ugʻotdi. Sho‘x-shodon yallalarga raqsga tushib, kayfiyatlarini ko‘tardilar. Bunda, Oʻnga yaqin uzum navlari hamda poliz ekinlari hamda meva va sabzavot mahsulotlari koʻrgazmasi esa kelib ketguvchilarning ishahasini ochgani rost.
Qolaversa, Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatini namoyon etuvchi targʻibot vositalari va videoroliklar namoyishi tomoshabinlarni viloyatimizga mehmon bo‘lishga qiziqish uyg‘ota oldi. Shu bilan birga milliy hunarmandchiligimiz mahsulotlari koʻrgazmasi namoyishi, Denov va Sulton sharbati agrofirmalari oʻz mahsulotlari bilan munosib ishtirok etdilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“IbratEdu” eshiklarini ochdi

Bandixon tumanida yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar yana bir muhim...

Tabiat bag‘rida yaralgan sahna

Bandixon tumani 9-son madaniyat markazi ijodiy jamoasi “Boysun bahori”...

“Yangi shahar”ga suv keldi

Qumqo‘rg‘on tumani “Yangi shahar” mahallasida yillar davomida dolzarb bo‘lib...

Shafqatsizlik — javobsiz qolmaydi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan holat yuzasidan Surxondaryo viloyatida tezkor choralar...
KunTun
KunTun